Umarova Navbahor Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxs iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Psi88.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Umarali Dustqobilovich,  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda shaxsni iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar ko‘lamini tahlil qilish, iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik o‘rganish va olingan natijalar asosida shaxs iqtisodiy ijtimoiylashuvi jarayoni samaradorligini optimallashtiruvchi nazariy-amaliy modelni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olingan natijalar asosida iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni mujassamlashtiruvchi va optimallashtiruvchi nazariy-amaliy model ishlab chiqilgan. Bunda shaxsni iqtisodiy ijtimoiylashtirishda iqtisodiy hodisalarga nisabatan sezgirlik umr davrlariga bog‘liq tarzda tafovutlanishi tizimlashtirilgan, ya’ni:
kichik maktab yoshi davrida esa voqeliklarga nisbatan sezgirlik, bolaning iqtisodiy munosabatlar doirasida kattalar xohish-irodasiga bo‘ysungan va o‘z mustaqilligini chegaralagan holda mehnat qilishga ixtiyoriy ichki intilishini namoyon qilganligida ko‘rinsa-da, bu jarayonning to‘liq mohiyati bolaning pulni qadr-qimmatini anglaganlik darajasi orqali izohlanadi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng ustuvor ijtimoiy muhit – bu referent guruh ya’ni oila yoki ta’lim muassasasi ekanligi asoslangan;
o‘spirinlar, tevarak-atrofida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni mushohada etib, ularga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatlarini bildirish qobiliyatiga ega ekanliklari hamda manfaatlar kurashuvi va to‘qnashuvi evaziga nimalar sodir bo‘lishi mumkinligini tushunib etganliklari orqali hodisalarga nisbatan o‘z sezgirliklarini yaqqol namoyon qiladilar. Bunda, mikrosotsium ta’sirchan muhit sifatida gavdalanib, asosan, bu holat shaxs hayotida mehnat jamolarining ham sekin-asta qadr topayotganligi isbotlangan;
o‘spirin shaxs iqtisodiy ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir qiluvchi motivatsion-qadriyatli omillar tuzilmasida, uning shaxs sifatida yo‘nalganligi natija, jarayon, egoizm, al`truizm yetakchi omil bo‘lib, bunda uni o‘rab turgan mikro va mezo omillar ta’sirining ijobiyligi ustanovkalarni kuchaytiruvchi ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaxs iqtisodiy ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash, guruhlash yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etadigan psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtiruvchi va optimallashtiruvchi nazariy-amaliy model tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, modelda iqtisodiy hodisalarga nisabatan sezgirlik umr davrlariga bog‘liq tarzda tafovutlanishi tizimlashtirilishi bo‘yicha berilgan taklif Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi PM-№ 8b-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalariga amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga e rishilgan.
kichik maktab yoshi davrida voqeliklarga nisbatan sezgirlik, bolaning iqtisodiy munosabatlar doirasida kattalar xohish-irodasiga bo‘ysungan va o‘z mustaqilligini chegaralagan holda mehnat qilishga ixtiyoriy ichki intilishi pulni qadr-qimmatini anglaganlik darajasi orqali izohlanadi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng ustuvor ijtimoiy muhit – bu referent guruh ekanligi asoslanganligi bo‘yicha berilgan taklif Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi PM-№ 8b-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mussasalari uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda bolalarni iste’molchi sifatida o‘z iqtisodiy ongliligini namoyon qilish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan. 
O‘spirinlarning iqtisodiy ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir etuvchi motivatsion-qadriyatli omillar tuzilmasida, ularning shaxs sifatida natija, jarayon, egoizm, al`truizmga yo‘nalganliklari yetakchi omil sanalib, bunda ularni o‘rab turgan mikro va mezo omillarning ijobiy ta’siri ustanovkalarni kuchaytiruvchi ekanligi borasidagi tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi № 10a sonli buyrug‘i bilan “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi PM-№ 8b-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning bo‘lg‘usi amaliy psixologlarining bozor munosabatlariga moslashuvini optimallashtiruvchi pozitiv ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari samaradorligi yanada oshirilgan.
O‘spirinlar, tevarak-atrofida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni mushohada etib, ularga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatlarini bildirish qobiliyatiga ega ekanliklari hamda manfaatlar kurashuvi va to‘qnashuvi evaziga nimalar sodir bo‘lishi mumkinligini tushunib etganliklari orqali hodisalarga nisbatan o‘z sezgirliklarini yaqqol namoyon qiladilar. Bunda, mikrosotsium ta’sirchan muhit sifatida gavdalanib, asosan, bu holat shaxs hayotida mehnat jamolarining ham sekin-asta qadr topayotganligi borasidagi taklif va tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi № 10a sonli buyrug‘i bilan “Davlat buyurtmasi asosida hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi PM-№ 8b-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliy psixologlar sub’ektning iqtisodiy mavqeini baholash sifati bo‘yicha imkoniyatlari oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish