Qodirov Umarali Do‘stqobilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Psi31. 
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Samarov Rustamjon Sadriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarning destruktiv g‘oyalar, guruhlar ta’siriga tushib qolishining sabab va motivlarini aniqlash hamda mazkur holatning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimini yaratish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik himoyaning yosh tafovutlari, tashqi muhitga va psixologik jihatdan destruktiv ta’sirga ega axborotga qarshi yo‘naltirilgan (ichki) psixologik himoyaning turlari ko‘rsatib berilgan;
psixologik himoyaning yetakchi mexanizmlari asosida destruktiv ta’sirlarga tushish ehtimoli mavjud shaxslarning hissiy va kommunikativ xususiyatlarini tavsiflovchi psixologik portreti yaratilgan;
ijtimoiy va individual-psixologik ko‘rsatkichlar, destruktiv g‘oyalar ta’siriga moyillikni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili asosida  o‘zaro samarali muloqot, o‘ziga ishonch, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan psixoprofilaktik dastur ishlab chiqilgan; 
shaxsga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini to‘ldirishi, yoshlarning mikro va makro muhitga nisbatan ijtimoiy-psixologik jihatdan moslasha olmasliklari ularning destruktiv g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga sabab bo‘lishi aniqlangan; 
yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga, destruktiv g‘oyalar ta’sirining profilaktikasiga qaratilgan ijtimoiy-psixologik, pedagogik texnologiyalar namunaviy dars ishlanmalari, psixokorreksion, psixoprofilaktik dasturlar yaratish orqali takomillashtirilgan, shaxs, davlat, jamiyat xavfsizligiga psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatilayotgan tahdidlarning  oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyada psixologik himoyaning yosh tafovutlari, tashqi muhitga va psixologik jihatdan destruktiv ta’sirga ega axborotga qarshi yo‘naltirilgan (ichki) psixologik himoyaning turlari ko‘rsatib berilganligi hamda psixologik himoyaning yetakchi mexanizmlari asosida destruktiv ta’sirlarga tushish ehtimoli mavjud shaxslarning hissiy va kommunikativ xususiyatlarini tavsiflovchi psixologik portreti yaratilganligi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Mamlakatimizda ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish, shaxsning ma’naviy kamol topishi psixologik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish” metodikasi mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi PM 9-A-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar samarasi destruktiv g‘oya tushunchasining ijtimoiy-psixologik mohiyatini aniqlashtirishda, yoshlarning destruktiv guruhlar bilan aloqalari vujudga kelishining sabablarini tahlil etishda, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishda ifodalangan; 
shaxsga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini to‘ldirishi, mikro va makro muhitga nisbatan ijtimoiy-psixologik jihatdan moslasha olmasliklari yoshlarning destruktiv g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga sabab bo‘lishi singari holatlar aniqlanganligi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Aholining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash” metodikasiga 2019 yil 9 noyabrdagi №PM 9-A-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi PM 9-A-son ma’lumotnomasi) Mazkur natijalarning samarasi yoshlarning turli salbiy ta’sirlarga berilmasligi yuzasidan mafkuraviy himoya tizimini takomillashtirishda, xil destruktiv guruhlar, g‘oyalarning shaxs, davlat, jamiyat axboriy-psixologik xavfsizligiga ko‘rsatadigan tahdidi ta’sirini bartaraf etishda namoyon bo‘lgan;
yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga, destruktiv g‘oyalar ta’sirining profilaktikasiga qaratilgan namunaviy dars ishlanmalari, ijtimoiy va individual-psixologik ko‘rsatkichlar, destruktiv g‘oyalar ta’siriga moyillikni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili asosida  o‘zaro samarali muloqot, o‘ziga ishonch, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan psixoprofilaktik dastur, shaxs, davlat, jamiyat xavfsizligiga psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatilayotgan tahdidlarning  oldini olish bo‘yicha tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  “Yoshlarda barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirishning ijtimoiy-psixologik treninglari” metodikasiga 2019 yil 9 noyabrdagi №PM 9-A-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 11 noyabrdagi PM 9-A-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan “Psixologiya” qayta tayyorlash kursida destruktiv g‘oyalarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet, axborot iste’moli madaniyati va assertiv xulq-atvor shakllantirishning psixologik omillari bilan bog‘liq mavzulardagi  bitiruv ishlarida foydalanilgan 

Yangiliklarga obuna bo‘lish