Mullaboeva Nargiza Sharopalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda yolg‘izlik hissi shakllanishining psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi”, 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3RhD/Psi49.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Mullaboeva Nozima Maxmudovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘smirlarda yolg‘izlik hissi shakllanishi profilaktikasi va korreksiyasiga yo‘naltirilgan psixologik yordam amaliyotining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda yolg‘izlikni keltirib chiqaruvchi omillar (muloqotdagi uquvsizlik, o‘z-o‘ziga past baho berish, guruhga moslasha olmaslik), ular ta’sirining mahalliy (milliy turmush tarzi bilan bog‘liq) xususiyatlari tekshirilib, dominanta determinantalari (o‘z-o‘zini noadekvat baholash, kommunikativ qobiliyatlarning etishmasligi, tobelik va eskapizm (muammodan qochish)) aniqlashtirilgan;
yolg‘izlik hissini o‘smirlik davrida yuzaga kelishi hamda rivojlanishida yosh va jins omilining roli haqidagi ilmiy tasavvurlar, o‘z yolg‘izligini anglash (kognitiv komponent); salbiy hissiy kechinma (emotsional komponent); deprivatsion omilning mavjudligi, begonalashish (ijtimoiy komponent)lar asosida to‘ldirilgan;
o‘smirlardagi yolg‘izlik hissining qator ijtimoiy-psixologik omillar (sotsial adaptatsiya, kommunikativ malakalar) bilan aloqador o‘z-o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shaxsning o‘z qadrini anglashi, kommunikativ kompetentlikni oshirish, tengdoshlari bilan iliq munosabatda bo‘lish kabi shaxsiy xususiyatlari ochib berilgan;
shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omil sifatida yolg‘izlik hissini maxsus hamda tizimli tadqiq etish orqali hissiyotlarning fanda ma’lum tasniflarini to‘ldirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ishlanmalardan iborat psixokorreksion dastur taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda yolg‘izlik hissi psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarda muloqotdagi uquvsizlik, o‘z-o‘ziga past baho berish, guruhga moslasha olmaslik kabi yolg‘izlikni keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirining milliy turmush tarzi bilan bog‘liq xususiyatlari tekshirilib, o‘z-o‘zini noadekvat baholash, kommunikativ qobiliyatlarning etishmasligi, tobelik va eskapizm kabi dominanta determinantalarini aniqlashtirish bo‘yicha taklifi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi P-M-8v-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalariga ko‘rsatilgan amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;
yolg‘izlik hissini o‘smirlik davrida yuzaga kelishi hamda rivojlanishida yosh va jins omilining roli haqidagi ilmiy tasavvurlar, o‘z yolg‘izligini anglash; salbiy hissiy kechinma; deprivatsion omilning mavjudligi, begonalashishlar o‘smirlik davriga xos psixologik sharoitni yaxshilash, ijtimoiy maqomini ko‘tarish, umumiy, ijodiy va ijtimoiy faolligini ta’minlovchi turmushdagi real va ideal motivlarni aniqlash bo‘yicha taklifi Psixologiya o‘quv-markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi P-M-8v-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan;
O‘smirlardagi yolg‘izlik hissining sotsial adaptatsiya, kommunikativ malakalar kabi qator ijtimoiy-psixologik omillar bilan aloqador o‘z-o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shaxsning o‘z qadrini anglashi, kommunikativ kompetentlikni oshirish, tengdoshlari bilan iliq munosabatda bo‘lish kabi shaxsiy xususiyatlariga oid tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 10v-son buyrug‘ining “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi P-M-8v-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning bo‘lg‘usi amaliy psixologlarining pedagogik-psixologik ishlari samaradorligi oshirilgan;
Shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omil sifatida yolg‘izlik hissini maxsus hamda tizimli tadqiq etish orqali hissiyotlarning fanda ma’lum tasniflarini to‘ldirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ishlanmalardan iborat taklif etilgan psixokorreksion dastur Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 10v-son buyrug‘ining “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus va tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 oktyabrdagi P-M-8v-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliy psixologlar nazariy-kasbiy tayyorligi sifatini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan.