Isoqov Luxmonjon Xolboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.02–“Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu294.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Rahimov Abdumannob Qo‘zievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy masalalarini o‘rganish va tahlil qilish orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularning echimiga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni qilishni ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini amalga oshirishning lisenziyaga oid talabi sifatida mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish doirasida ularga majburiy ravishda rioya etish zarurati asoslab berilgan;
vakolatli davlat hokimiyati organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi asoslantirilgan;
chet eldagi fuqarolarimizga konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar soni ko‘pligini inobatga olgan holda va saylov kuni ovoz berish binosida navbatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni taklif qilishi, zich holda yashaydigan yoki ishlaydigan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishi xorijdagi saylov uchastkasining binosidan tashqarida ko‘chma saylov qutilaridan foydalanilgan holda o‘tkazilishi zarurligi isbotlangan; 
mamlakatimizda migratsiya siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish, migratsiya huquqini alohida fan sohasi sifatida shakllantirish va Migratsiya kodeksini ishlab chiqishda xorijiy ekspertlarning ko‘magidan samarali foydalanish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitusiyasini (Bryussel`, 1953 yil 19 oktyabr`) ratifikatsiya qilish samaradorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga majburiy ravishda rioya etish O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning lisenziyaga oid talabi sifatida belgilash taklifi 2018 yil 16 oktyabrdagi O‘RQ-501-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 04/3-06-84-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga majburiy ravishda rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishga va xususiy bandlik agentliklarining mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishiga doir taklif 2019 yil 18 iyuldagi O‘RQ-549-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 04/5-05-104-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida turizm orqali noqonuniy migratsiya oqimini oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
chet eldagi fuqarolarimizning saylov huquqlarini ta’minlashga oid taklif 2019 yil 25 iyundagi O‘RQ-544-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Saylov kodeksining 10-, 14-, 23-, 27-, 29- va 51-moddalarini,  shuningdek Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 966-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-, 11-, 35-37-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 23 avgustdagi 597/1-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 27 noyabrdagi 1183/1-son ma’lumotnomalari). Takliflarning joriy etilishi chet eldagi fuqarolarimizga konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilgan;
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lishga oid taklif 2018 yil 26 dekabrdagi O‘RQ-510-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitusiyasini (Bryussel`, 1953 yil 19 oktyabr`) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija mamlakatimizda migratsiya siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish, migratsiya huquqini alohida fan sohasi sifatida shakllantirish va Migratsiya kodeksini ishlab chiqishda xorijiy ekspertlarning ko‘magidan samarali foydalanish maqsadida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun huquqiy zamin yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish