G‘ayibova Nargiza Anorbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli sibling maqomidagi o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Psi75.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Dushanov Rustam Xo‘jaxonovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sibling maqomidagi o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy usullar yordamida aniqlash va o‘smir sibling maqomining guruhdagi nufuziga ta’sirini o‘rganib, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli sibling maqomidagi o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlari o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega ekani, o‘smirning oiladagi mavqeining guruhdagi nufuziga ta’sirining ijtimoiy-psixologik, jinsiy (gender) xususiyatlarini tavsiflovchi holatlar, jumladan, to‘ng‘ich farzandlar nizoli vaziyatni bartaraf qilishda mas’uliyatni boshqa sibling maqomidagilarga nisbatan ko‘proq zimmasiga olishi, o‘rtancha farzandning boshqa sibling maqomidagi tengdoshlariga nisbatan atrofdagilarga boshqaruvchilik, hukmron munosabatlarni o‘rnatishi, kenja farzandlar tengdoshlariga nisbatan muloqotmand bo‘lib, guruhda ham yuqori nufuzga ega ekani aniqlangan;
oila muhitida ustuvor bo‘lgan sibling munosabatlar o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlariga bevosita ta’sir qilishi, sibling munosabatlardan xoli bo‘lgan yolg‘iz farzandlarning ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgarishiga moslashish qobiliyatlari kuchsizligi sabab tengdoshlari bilan munosabatlarida muammolar mavjudligi ko‘rsatib berilgan;
o‘smirning oilada yagona jinsdagi farzand ekani uning oiladagi mavqei va tengdoshlari bilan munosabatlariga ta’sir etishi, oilada jinsdoshi bo‘lmagan o‘g‘il bolalarda aka-ukasi bor tengdoshlariga nisbatan hukmronlik, yetakchilik sifatlari yuqori ekani asoslangan; 
maktab psixologlari uchun o‘smirlarning tengdoshlar guruhida sog‘lom muhitni vujudga keltirish hamda psixologik maslahat ishlarida turli sibling maqomiga xos bo‘lgan xususiyatlarga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli sibling maqomidagi o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli sibling maqomidagi o‘smirlarni tengdoshlari bilan munosabatlarining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, o‘smirning oiladagi mavqeining guruhdagi nufuziga ta’sirining ijtimoiy-psixologik, jinsiy (gender) xususiyatlarini tavsiflovchi holatlarni aniqlanishiga doir olingan ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi P-M-8A-son ma’lumotnomasi). Natijada Psixologiya markazida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning turli sibling maqomiga xos bo‘lgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish imkoniyatlari kengaytirilgan.
oila muhitida ustuvor bo‘lgan sibling munosabatlar o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlariga bevosita ta’sir qilishi, sibling munosabatlardan xoli bo‘lgan yolg‘iz farzandlarning ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgarishiga moslashish qobiliyatlari kuchsizligi sabab tengdoshlari bilan munosabatlarida muammolar mavjudligi haqida aniqlangan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi P-M-8A-son ma’lumotnomasi). Natijada Psixologiya markazidagi laboratoriyalarning ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga erishilgan;
o‘smirning oilada yagona jinsdagi farzand ekanligi uning oiladagi mavqeiga va tengdoshlari bilan munosabatlariga ta’sir qilishi borasidagi asoslangan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi P-M-8A-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixolog-mutaxassislarning o‘smirlik davri muammolari, shaxs sibling maqomi va oilaviy munosabatlar qatorida sibling munosabatlarga oid bilimlari takomillashtirilib, keltirilgan ma’lumotlar ularning kelgusida amaliy faoliyatini samarali tashkil etishiga asos sifatida xizmat qildi;
 ishlab chiqilgan maktab psixologlari uchun o‘smirlarning tengdoshlar guruhida sog‘lom muhitni vujudga keltirishda hamda psixologik maslahat ishlarida turli sibling maqomiga xos bo‘lgan xususiyatlarga e’tibor qaratishga doir tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi mutaxassislarning psixologik xizmatni joriy etish amaliyotiga tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi P-M-8A-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning o‘smirlar va ularning ota-onalariga psixologik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda turli sibling maqomidagi o‘smirlar guruhi bilan olib boriladigan faoliyatini tashkil etish imkoniyati kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish