Normurodova Go‘zal Bekmurodovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligi ijtimoiy qatlamlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi roli (1868–1920 yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSs/Tar73.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Musaev Nuriddin Umurzoqovich, tarix fanlari doktori, professor va Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1868–1920 yillarda Buxoro amirligi an’anaviy ijtimoiy tuzilmasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, aholi ijtimoiy tarkibiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy jarayonlarni aniqlash va turli ijtimoiy qatlamlarning jamiyat hayotidagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Buxoro amirligining tabaqaviy tizimi asosida milliy-etnik jihatdan emas, balki ijtimoiy huquq va majburiyatlar (qonuniy, nasliy) bilan bo‘lingan qatlamlar turganligi, shaxs yoki guruhning jamiyat ierarxiyasidagi o‘rnini belgilashda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, kasbiy mezonlar va vertikal (ijtimoiy) mobillikning o‘rni asoslab berilgan. Aholi ijtimoiy-me’yoriy munosabatlarini tartibga solishda shariat va odat me’yor, tartiblarining o‘rni va jamiyat hayotiga ta’siri aniqlangan;
1868-1920 yillarda Buxoro amirligi boshqaruv tuzilmasida xizmatchi xodimlarning ijtimoiy holati bilan bog‘liq o‘zgarishlar - oylik-maosh tizimining tartibga solinishi, moddiy va ma’naviy rag‘batlash, davlat nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek ma’muriy sohada xalq xarajatlarini kamaytirish, ish yuritishni tartibga solish, qo‘shinning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari o‘tkazilgani aniqlangan;  
amirlikda yuz bergan iqtisodiy transformatsiyalar (yangi tovar-pul munosabatlari, savdo va sanoatning rivojlanishi, temir yo‘llar qurilishi, bank tizimi) natijasi sifatida ijtimoiy tabaqalanish jarayoni - shahar va qishloqlarda yangi toifa mulkdorlarning paydo bo‘lishi, ayrim kasbiy soha guruhlarining inqirozga yuz tutishi va doimiy yoki mavsumiy ishga mashg‘ul bo‘lgan ishchilar qatlamining shakllanishi ochib berilgan;
XX asr boshlariga kelib, Buxoro jamiyatida shaxs yoki guruhlar mavqeini belgilashda tabaqaviy huquq va imtiyozlardan tashqari, xususiy mulk, sarmoya, o‘qimishlilik kabi mezonlarning ahamiyati va ularning ishlab chiqarish, savdo va sanoat, ma’rifat sohalari rivojidagi o‘rni asoslab berilgan; 
Buxoro amirligining an’anaviylik bilan birga, modernizatsiya shakllanayotgan jamiyat hayotida yangi toifa mulkdorlar - milliy burjuaziya, ilg‘or ziyolilar va boshqa qatlamlarning faol yetakchilik va ma’rifatparvarlik roli ochib berilgan; 
amirlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotida rus aholisi muayyan qatlamlarining (ziyolilar, sarmoyadorlar va b.lar) faol o‘rni va ularning mahalliy aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda do‘stona qo‘shnichilik va murosalilik asosida yo‘lga qo‘yilgan tolerantlik munosabatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1868–1920 yillarda Buxoro amirligi ijtimoiy qatlamlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro amirligining tabaqaviy tizimida ijtimoiy huquq va majburiyatlar bilan bo‘lingan qatlamlar va ularning jamiyat ierarxiyasida joylashuvida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, kasbiy mezonlar va ijtimoiy mobillikning o‘rni, shuningdek, aholi ijtimoiy-me’yoriy munosabatlarini tartibga solishda shariat va odat me’yor, tartiblarining o‘rni hamda jamiyat hayotiga ta’siriga oid ilmiy natijalardan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarga ilmiy ishlov berishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 7 avgustidagi 01-12-10-4022-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosalari Buxoro amirligida aholi qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda ijtimoiy tabaqalanishga doir xususiyatlarni ochib berishga asos bo‘lgan. 
“Buxoroi sharif”, “Turon” gazetalari hamda Buxoro amiri va Siyosiy agent o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy yozishmalar va boshqa manbalar asosida, XIX asr oxiri XX asr boshlarida amirlik boshqaruv tuzilmasida xizmatchi xodimlarning ijtimoiy holati bilan bog‘liq o‘zgarishlar, shuningdek ma’muriy va harbiy sohalarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda aholi qatlamlari mavqeida xususiy mulk, sarmoya, o‘qimishlilik kabi mezonlarning ahamiyati,  yangi qatlamlarning roliga oid xulosalar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi, Ark o‘lkashunoslik muzeyi ekspozisiyalarida foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 7 avgustidagi 01-12-10-4022-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari XIX asr oxiri XX asr boshlari Buxoro amirligida shakllangan yangi ijtimoiy qatlamlarning jamiyatdagi roli hamda amirlikning Rossiya bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini ochib berishga xizmat qilgan; 
Buxoro amirligida yuz bergan iqtisodiy transformatsiyalar natijasida shahar va qishloqlarda yangi toifa mulkdorlarning paydo bo‘lishi, aholining kasbiy mashg‘ulotidagi o‘zgarishlar va mahalliy ishchilar qatlamining shakllanishiga oid ilmiy natijalardan “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Buxoro mahallalari  tarixi” loyihasi hamda “Qadimgi Buxoro shahri”ga oid yo‘l ko‘rsatgichlar tayyorlashda foydalanilgan. Ilmiy xulosalar shuningdek, markazning boshqa ilmiy loyihalarini nazariy-metodologik materiallar bilan to‘ldirib amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 9 iyuldagi 04-06/216-02-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar Buxoro amirligida ijtimoiy tabaqalanishning an’anaviy va transformatsiyasi tarixini yangi materiallar asosida keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga asos bo‘lgan; 
Buxoro amirligida aholi ijtimoiy-me’yoriy munosabatlari orasida aholini ta’lim muassasalariga jalb etishda jamoat nazorati, ta’lim tizimida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar hamda XIX asr oxiri XX asr boshlarida ilg‘or ziyolilarning ma’rifatparvarlik faoliyatiga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlardan Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan FA-FA-F1-GO23 raqamli “O‘zbekistonda ta’lim tarixi va tarixshunosligi: tajriba, muammolar, rivojlanish” fundamental loyihada  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 26 iyuldagi 3/1255-2073-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosalari Buxoro amirligi ta’lim sohasida faoliyat yuritgan qatlamlarga oid masalalarni yoritib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish