Bekimbetov Azamat Mirzabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq afsonalarining o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va syujet tarkibi”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil317.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jappar Salievich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Nasimxon Asqarovich Rahmonov, filologiya fanlari doktori, professor; Jenis Minajatdinovich Nizamatdinov, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq afsonalarining janr xususiyatlarini yoritish, uning xalq og‘zaki nasri janrlar tizimida tutgan o‘rnini belgilash, bu tip fol`klor asarlarining shakllanish tarixi va genetik asoslarini ochib berish, turkiy xalqlar og‘zaki nasri kontekstidagi tipologik mushtarakligini aniqlash hamda afsonalarning syujet tarkibi va obrazlar tizimining poetik tabiatini oydishlashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor qoraqalpoq xalq nasrining janrlar tizimi yaxlit badiiy silsila sifatida tahlilga tortilgan hamda xalq afsonalarining janr sifatida takomillashuvi, genezisi, tipologiyasi, obrazlar tizimi, syujet tarkibi va asosiy motivlar sistemasi tavsiflangan;
ilk marta qoraqalpoq fol`klorshunosligida xalq afsonalarining epik turga mansub og‘zaki nasriy asar sifatidagi xususiyatlari asoslab berilgan;
xalq afsonalarining shaklan ixchamligi, tinglovchiga muayyan axborotni etkazish maqsadida aytilishi uni xalq prozasining boshqa janrlaridan hayotiy voqelikni epik talqin qilish usuli bilan farqlanishi isbotlangan;
qoraqalpoq xalq afsonalarini mavzu qamroviga va voqelikni ifoda qilish tarziga ko‘ra tasniflashning ilmiy prinsiplari ishlab chiqilgan hamda shu asosda ularni mifologik, tarixiy va toponimik afsonalar kabi tiplarga bo‘linishi ilmiy asoslangan;
qoraqalpoq xalq afsonalarida tarixiylik hamda epik syujetlarning manbalar va faktlar asosida takomillashuv jarayoni tarixiy, qiyosiy, tipologik, genetik va struktural metodlardan foydalanib ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpoq xalq afsonalarini o‘ziga xos janr xususiyatlarini, syujet sistemasi va yetakchi motivlar tarkibini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
afsona janrini qoraqalpoq fol`klori epik janrlari tizimida tutgan o‘rni va badiiy evolyusiyasiga doir ilmiy-nazariy natijalaridan O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan I1-FA-0-14244 raqamli “Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va nashr qilish (ko‘p jildlik “Qoraqalpoq fol`klori” bo‘yicha)” (2014–2015) nomli innovatsion loyihasini bajarishda, jumladan, qoraqalpoq xalq afsonalari janr xususiyatlari, tematik turlari, syujet va motivlariga tegishli xususiyatlarini ifodalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 28 avgustdagi 17.01/122-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq afsonalarining mavzu tiplari aniqlangan va shu asosda xalq og‘zaki nasri asarlarini nashrga tayyorlash mezonlarini takomillashtirishga erishilgan;
qoraqalpoq xalq afsonalarining to‘planishi, tadqiq qilinishi va chop etilishi tarixiga doir ilmiy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A-1XT-0-9297 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2019 yil 30 sentyabrdagi 132-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qoraqalpoq xalq afsonalarining o‘rni ko‘rsatib berilgan;
qoraqalpoq xalq afsonalarini keng omma orasida targ‘ib qilishda tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan respublikadagi gazeta-jurnallarda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Gәo‘har sөzler” ko‘rsatuvida, “Xaliq g‘әziynesinen”, “Miyras” kabi eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 01-02/375-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq afsonalarini hozirgi turmushimizning ma’naviy-madaniy rivojlanishida tutgan o‘rni va ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatini keng targ‘ib qilishga erishilgan.