Umarov Farxodbek Yarkulovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chuqur kar`erlarda mas’uliyatli muhandislik inshootlari holatini boshqarish usullarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisod fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.T229.
Ilmiy maslahatchi: Nasirov Utkir Fatidinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Geologiya va geofizika instituti, 16.07.2013.GM/T.10.01.
Rasmiy oppenentlar: Rakishev Bayan Rakishevich, texnika fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademigi; Kornilkov Sergey Viktorovich, texnika fanlari doktori, professor; Belin Vladimir Arnol`dovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chuqur kar`erlarda yagona geomexanik monitoring tizimini yaratish va tabiiy hamda kon–texnik omillarni boshqarish maqsadida ag‘darma va kar`er bortlari, shuningdek, muhim muhandislik inshootlarining holatini boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinslari massivining ichki ishqalanish burchagi, solishtirma og‘irligi, ilashish koeffisientiga bog‘liq holda pog‘ona borti siljish chizig‘i radiusining o‘zgarishi isbotlangan;
chuqur kar`erlarda avvaliy o‘yiq paydo bo‘lishini ta’minlovchi portlatish moddasini burg‘iquduq uchun elementar bo‘lgan zaryadining massasi aniqlangan;
o‘rnatilgan tikqiyalanma konveyer (O‘TK) bilan birgalikdagi UDT-ruda kompleksiga bo‘ladigan portlatish va texnologik ta’sirlarni inobatga oluvchi monitoring tizimi ishlab chiqilgan;
konchilik ishlarini bexatar olib borishni ta’minlovchi chuqur kar`er borti va O‘TK konstruksiyasini kuchlanish-deformatsiyalanish holatini hisoblashning kompleks usuli ishlab chiqilgan;
chuqur kar`erlardagi bajariladigan yalpi portlashning muhofazalanayotgan ob’ektlar va muhandislik inshootlariga bo‘lgan ta’sir darajasini kamaytirishga, burg‘ilash-portlatish ishlarini olib borishni seysmobexatar texnologiyasini ishlab chiqish va portlash markazidan ob’ektgacha bo‘lgan masofa, portlovchi modda turi va massivning yo‘l qo‘yilgan to‘lqinlanishlarini inobatga oluvchi parametrlarini aniqlash orqali erishilgan;
chuqur kar`erlardagi bortatrofi tog‘ jinslari massivi va muhim muhandislik inshootlarining saqlanishini oshiruvchi va seysmik to‘lqinlarning pasayish darajasini ta’minlovchi noelektrik inisiatsiya tizimi (NIT) sekinlashuv intervali va portlatish sxemalari tavsiya etilgan va bitta sekinlashuv uchun zarur bo‘lgan burg‘iquduqdagi portlovchi modda zaryadi massasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bortlar qiyaliklari va muhim muhandislik inshootlari holatini boshqarishning ishlab chiqilgan usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasi Muruntog‘ kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil
19 fevraldagi 01-01-07/2076-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish tufayli konchilik ishlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirish, kar`er borti massivining va unda joylashgan o‘rnatilgan tikqiyalanma konveyer kompleksini kondan foydalanishning butun faoliyati davomida chidamli holatda saqlash imkonini bergan.