Zairov Sherzod Sharipovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilqum regioni konlarini ochiq usulda qazib olganda burg‘ilash, portlatish texnologik jarayonlarini jadallashtirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.T136.

Ilmiy maslahatchi: Norov Yunus Djumaevich,texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Geologiya va geofizika instituti, 16.07.2013.GM/T.10.01.

Rasmiy oppenentlar: Rakishev Bayan Rakishevich, texnika fanlari doktori, professor,  Qozog‘iston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademigi; Borovkov Yuriy Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Belin Vladimir Arnol`dovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum regioni kar`erlarida portlatish texnologiyalari samaradorligini portlatilgan kon massasi sifatini yanada oshirish, bortlar qiyalik tekisligi mustahkamligini ta’minlash va kon massivini geologik strukturasini saqlash uchun imkon beradigan usullarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

silindrik va sferik portlovchi modda (PM) zaryadlarini portlash chog‘ida tog‘ jinslarining maydalanish zonalarini zaryad radiusiga, sanoat PM energetik ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri proporsionalligi va kon jinslari bo‘laklarining kritik uchish tezligiga teskari proporsionalligi aniqlangan;

kon jinslarining fizik-mexanik xossalarini, yoriqlarning uzunligi va pog‘ona qiyalik tekisligiga nisbatan joylashganligi, shuningdek ilashish kuchi, kontakt bo‘yicha ichki ishqalanish burchagi, yoriqlar yuzasining notekisligi va yoriqni to‘ldirgan materialning xususiyatlarini aniqlash yo‘li bilan konturlovchi skvajina PM zaryadlarini portlatganda portlashning kar`er kontur oldi zonasiga ta’siri aniqlangan;

konturli portlatishda konturlovchi skvajinalar o‘rtasida yoriqlar to‘rini ko‘payishi va konturlovchi zaryadlarni portlashi natijasida buzilish zonasini cheklashga qo‘yiladigan talablarining bir-biriga mos kelishi sharti bo‘yicha konturli portlatishning samarali parametrlarini aniqlash isbotlangan;

emulsion PM zaryadi asosida, emulsion PMning energetik tavsifi, kon jinslarini fizik-mexanik xossalari va portlatiladigan blokning parametrlarini hisobga olgan holda, skvajina emulsion PM zaryadini portlatishda kon jinslari yoyilmasi balandligi va kengligi bilan tiralma devor balandligi va kengligi o‘zgarishining o‘z’aro bog‘liqligi isbotlangan;

detonatsiyaning katta tezligi, portlash quvvati va detonatsiyaning adsorbsion qobiliyatini hisobga olgan holda, detonatsiya kritik diametrini qisqartirishni ta’minlaydigan yangi o‘zida issiqlik saqlovchi moddalarning portlash tavsiflari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Konturli portlatish uchun ishlab chiqilgan skvajina PM zaryadining konstruksiyasi va parametrlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining Muruntog‘ kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 19 fevraldagi 01-01-07/2076-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida bortlarni qo‘shimcha surmasdan qo‘llanganda qiyalik burchagi 600, balandligi 20 m bo‘lgan pog‘ona turg‘unligi va pastki gorizontlarda olib boriladigan ishlarning xavfsizligi ta’minlangan;

ishlab chiqilgan tiralma devor parametrlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining Muruntog‘ kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 19 fevraldagi 01-01-07/2076-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida portlatilgan kon jinsi bo‘laklari o‘rtacha o‘lchamini 47% ga, nogabaritlar chiqishini 71% ga kamaytirishga erishildi. Maydalanish darajasining oshishi ekskavator unumdorligini 20-25% ga, ikkilamchi maydalash hajmini 30% ga kamaytirishni ta’minladi;

ommaviy portlatishda chang-gaz ajralib chiqishini kamaytirish uchun ishlab chiqilgan usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining Djeroy-Sardara forforit kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 19 fevraldagi 01-01-07/2076-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida chang bostirish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda PM energiyasi foydali ta’siri koeffisienti oshirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish