Shernazarov Iskandar Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar integratsiyasida organik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped664
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universetiti.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Abduqahhor Abduvakilevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Boboev Tuyg‘un Mirzaahmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shoymardonov Tuymurod Turdialievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Organik kimyo» fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalar integrasiyasi orqali ta’lim samaradorligi oshirish hamda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Organik kimyo» fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash algortmini takomillashgtirish asosida o‘quv ma’lumotlarini virtual laboratoriyalar sharoitida ko‘rgazmali-obrazli tarzda havola etishni texnologiyalashtirish metodi takomillashtirilgan;
«Organik kimyo» fani o‘quv jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minoti dasturiy vositalar (mul`timediali ilovalar, audio va video) hamda amaliy dasturlarning didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlaydigan, faoliyatini, bilimini uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borilishiga imkon beradigan didaktik materiallar (kreativ fikrlashga oid misol va masalalar, testlar va krossvordlar) tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablar (anglash, tushunish, amaliyotga tatbiq etish) asosida ishlab chiqilgan;
«Organik kimyo» fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida o‘quv metodik majmua (o‘quvchi vaqtini tejaydigan, mashg‘ulot samarasini oshiradigan) hamda organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar soni (topish formulalari, fazoviy ko‘rinishlari)ni aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar integratsiyasida organik kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Organik kimyo»ni o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash algortmini takomillashgtirish asosida o‘quv ma’lumotlarini virtual laboratoriyalar sharoitida ko‘rgazmali-obrazli tarzda havola etishga oid takliflaridan akademik liseylarda «Organik kimyo» fanining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 maydagi 89-03-2276-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standarti kimyo fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlari, o‘quv metodik materiallarni integrativ yondashuv asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
akademik liseylarda «Organik kimyo» fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti virtual o‘quv muhitini tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlaydigan, faoliyatini, bilimini uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borilishiga imkon beradigan didaktik materiallar tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablarga oid takliflaridan YoF-7-05 raqamli «N-vinil birikmalar sintezi uchun nanostrukturali katalizatorlar shakllanishining ilmiy asoslari» (2014-2015 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2497-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning bilimini, mustaqil ishlash imkoniyatlarini, dunyoqarashini shakllantirishga, o‘z bilimlarini nazorat qilish, amaliyotga joriy etish hamda boshqa xizmatlardan samarali foydalanishga erishilgan;
«Organik kimyo» fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida o‘quv metodik majmua (o‘quvchi vaqtini tejaydigan, mashg‘ulot samarasini oshiradigan) hamda organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar soni (topish formulalari, fazoviy ko‘rinishlari)ni aniqlash metodikasiga oid taklif va tavsiyalaridan F7-13-OT-012420 raqamli «Asetilenning geterogen o‘zgarishlari uchun mahalliy xom ashyolar asosida katalizatorlar ishlab chiqarishning ilmiy asoslari» (2012-2014 y.y.) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 maydagi 89-03-2054-son ma’lumotnomasi). Natijada «Organik kimyo» fanini o‘qitish jarayonida interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishiga hamda o‘quvchilarda bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga xizmat qilgan.