Qaraxonova Lobarxon Musaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologiya o‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped618.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qarshiboev Hazratqul Qilichevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiyani o‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zamonaviy axborotlashgan ta’lim muhitida biologiyani o‘qitishni takomillashtirish bosqichlari elektron ta’lim resurslari tadbiqini integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlashtirilgan; 
biologiyaga oid xususiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlari mul`timediali ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlariga (taqdimot, interfaol, dasturlashgan) ustuvorlik berilgan metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
o‘quvchilar bilimini xalqaro standartlarga moslashtirish mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvlar uchun mustaqil ta’lim komponentlari (mul`timedia ilovalari, o‘quv dasturi, “Qiziqarli zoologiya”, “Qizil kitob” ko‘rgazmalari)ni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash texnologiyasi biologiyadan off-line rejimiga moslashtirilgan ta’lim sifatini baholashning xalqaro tizimlari topshiriqlari tuzilmasiga mos jamlanmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Biologiya ta’limida elektron ta’limiy resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zamonaviy axborotlashgan ta’lim muhitida biologiyani o‘qitishni takomillashtirish bosqichlari elektron ta’lim resurslari tadbiqini integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga oid tavsiya va takliflar PZ-2014-0910154408 raqamli (2015–2017-yillar) “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida va ilmiy natijalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 89-03-4521-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning biologiyadan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, hayvonot olamiga oid bilimlari rivojlantirilgan;
biologiyaga oid xususiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonlari mul`timediali ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan A1-XT-1-89215 raqamli “Ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish samaradorligini tashkil etishda maktab ta’limi pedagogik amaliyotiga interaktiv o‘qitish jihozlari va metodikasini joriy etish” (2012-2014 yillar) nomli ilmiy-amaliy loyihaning ilmiy natijalariga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 89-03-4521-son ma’lumotnomasi), dissertatsiya ilmiy natijalari o‘quvchilarning biologiyadan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish  imkoniyatlari oshirilgan hamda ularning hayvonot olamiga oid bilimlarini rivojlantirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
o‘quvchilarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish mazmuni shaxsga qaratilgan tabaqalashgan, differensiyalashgan, individuallashgan yondashuvlar uchun mustaqil ta’lim komponentlarini shakllantirish asosida takomillashtirishga va o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash texnologiyasi biologiyadan off-line rejimiga moslashtirilgan nostandart testlar tuzilmasi va jamlanmasini ishlab chiqishga oid takliflaridan O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi 6-sonli “Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish haqida”gi buyrug‘ini ishlab chiqishda va ular bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 11 oktyabridagi 01/11-01/01-2315-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonida va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarda mustaqil ishlash kompetensiyalarini takomillashtirish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish