Mahmudova Darmonjon Bozorboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishning didaktik tizimi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3/4.PhD/Ped233.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Seytmuratov Qalbay Seytmuratovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishning didaktik tizimini aniqlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlarda jamiyat hayotini rivojlantirishga xizmat qiladigan mehnat turlari (dizaynerlik, fermerlik, menejerlik, kompyuter texnologiyalari) mehnat bozoridagi innovatsion texnologiyalarni o‘rgatishning dars va darsdan tashqari shakllari, ushbu jarayonda tashkil etiladigan o‘quv va amaliy vaziyatlar yordamida takomillashtirilgan;
mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli milliy, tarixiy hamda ijtimoiy pedagogik imkoniyatlarni integratsiyalash, shaxsni ijtimoiylashtirish omillarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish (ijtimoiy hamkorlikka kirishish, mehnat jamoalarida o‘zini tutish, birgalikda faoliyat ko‘rsatishga undash, ijtimoiy munosabatlar madaniyatini egallash, jamoada faollik ko‘rsatish, kasb etiketiga rioya qilish)ning didaktik tizimi ularda innovatsion kasbiy dunyoqarashni boyitish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonning mazmuni kasbiy ko‘nikma, kasbiy moyillik, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy malaka, kasbiy ijtimoiylashuv kabi tushunchalarning innovatsion talqini asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiylashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
o‘quvchi-yoshlarda jamiyat hayotini rivojlantirishga xizmat qiladigan mehnat ko‘nikmalardan foydalanish, mehnat turlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0905173317 raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” (2015-2017y) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-920-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining zamonaviy kasblar haqidagi tushunchalarining kengayishiga va ularni mustaqil tanlash ko‘nikmalarining shakllanishiga erishilgan.
mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli hamda mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning didaktik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-920-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda ijtimoiy hamkorlikka kirishish, mehnat jamoalarida o‘zini tutish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish, ijtimoiy munosabatlar madaniyatini egallash, jamoada faollik ko‘rsatish, kasb etiketiga rioya qilishga doir kasbiy dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni mehnat va kasb ko‘nikmalari vositasida ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonning mazmunini takomillashtirishga doir tavsiyalar F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” fundamental loyihasi doirasida chop ettirilgan “Pedagogika” ensiklopediyasining II, III jildlarining mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-920-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar va amaliy materiallar kasb ta’limi mazmuni va terminologiyasini boyitishga xizmat qilgan.