Bekmatova Dilnavoz Shaxabidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessida jinoiy ta’qib funksiyasining shakllanishi va uni takomillashtirish”, 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu19.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessida jinoiy ta’qib funksiyasining shakllanishi va uni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulkni xatlash tarzidagi protsessual majburlov chorasi surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha o‘tkazilgan hollarda «prokuror roziligini olish» tartibini joriy etish zarurligi asoslangan;
tezkor-qidiruv tadbirlarining huquqiy maqomini aniqlashtirilib, ulardan dalil sifatida foydalanish zarurligi asoslab berilgan;
ushlash chog‘ida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini kiritish zarurligi asoslangan;
shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa, shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessida jinoiy ta’qib funksiyasining shakllanishi va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mol-mulkni xatlash tarzidagi protsessual majburlov chorasi surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha o‘tkazilgan hollarda «prokuror roziligini olish» tartibini joriy etish zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasining beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 fevraldagi 06-18/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda mol-mulkni xatlash tarzidagi protsessual majburlov chorasi surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha o‘tkazilgan hollarda «prokuror roziligini olish» tartibini joriy etish xizmat qilgan;
tezkor-qidiruv tadbirlarining huquqiy maqomini aniqlashtirilib, ulardan dalil sifatida foydalanish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 36, 39, 81, 84, 87, 329, 339, 343, 355-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 fevraldagi 06-18/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tezkor-qidiruv tadbirlarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, ulardan dalil sifatida foydalanish asoslarini aniq aks ettirish mexanizmlarini joriy etishga xizmat qilgan;
ushlash chog‘ida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 223-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 fevraldagi 06-18/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini ushlash chog‘ida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritishga xizmat qilgan;
shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi birinchi qismining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 fevraldagi 06-18/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslarni belgilangan muddat ichida etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilgan.