Raxmatova Mehriniso Musinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyatida «go‘zallik» konseptining lisoniy xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil161.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.31.05.2019. Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Qodirovna, filologiya fanlari doktori; Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «go‘zallik» konseptining ingliz, o‘zbek va tojik tillaridagi milliy-madaniy hamda lisoniy xususiyatlarining mushtarak va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va tojik tillari maqollarida aks etgan “go‘zallik” konsepti doirasida go‘zallik prototip ma’nolarining botiniy go‘zallik, zohiriy go‘zallik, muhit, hodisa, predmet go‘zalliklari kabi aksiologik xususiyatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda “go‘zallik” konseptiga oid leksema va frazemalarning paydo bo‘lishi va o‘zgarishi jarayonlarida milliy qadriyatlar ta’sirining so‘z yasalishidagi derivatsion jihati dalillangan;
ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyadagida go‘zallik, ulug‘vorlik, muhtashamlik kabi estetik qadriyatlarning obrazli jihati “go‘zallik” leksik-semantik maydonini vujudga keltirishi asoslangan;
“go‘zallik” konseptining tilda voqelanishida har uchala xalqning etnik xususiyatiga xos tabiat hodisalari, zoonimlar, o‘simliklar dunyosi antroponimlar, taom nomlari, diniy antroponimlar, istorizmlar, uslubiy xos so‘zlar va ijtimoiy mavzularga oid lisoniy birliklarning universal hamda milliy-madaniy xususiyatlarining konseptual izomorfik (mushtarak) va allomorfik (farqli) jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyatida «go‘zallik» konseptining lisoniy xususiyatlari asosida:
ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyadagida go‘zallik, ulug‘vorlik, muhtashamlik kabi estetik qadriyatlarning obrazli jihati “go‘zallik” leksik-semantik maydonini vujudga keltirishi bilan bog‘liq xulosalardan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3357-son ma’lumotnomasi). Natijada sharqu g‘arb filologik an’analarining bir-biriga ta’siri va mushtarakligini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini yaratgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda “go‘zallik” konseptiga oid leksema va frazemalarning paydo bo‘lishi va o‘zgarishi jarayonlarida milliy qadriyatlar ta’sirining so‘z yasalishidagi derivatsion jihati til evolyusiyasining muhim milliy-madaniy faktori sifatida eksplisit va implisit namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalardan OT-F8-062-raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 yanvardagi 89-03-35-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlilga tortilgan tillardagi «go‘zallik» konseptiga oid leksema, frazemalarning paydo bo‘lishi va o‘zgarish jarayonlarida milliy qadriyatlar hamda madaniyatlar ta’sirining so‘z yasalishidagi o‘ziga xos derivatsion xususiyatlari borasida berilgan takliflar loyiha ishini bajarishga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va tojik tillarining etnik xususiyatlariga xos tabiat hodisalari, zoonimlar, o‘simliklar dunyosi antroponimlar, taom nomlari, diniy antroponimlar, istorizmlar, uslubiy xos so‘zlar va ijtimoiy mavzularga oid lisoniy birliklari milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasi ekanligiga oid xulosalardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan «Independent Study Skills» nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3774-son ma’lumotnomasi). Natijada «go‘zallik» konseptiga doir leksik, frazeologik birliklar hamda maqollar tahlillari asosidagi xulosalar o‘quv qo‘llanmani mazmun jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va tojik tillari maqollarida aks etgan “go‘zallik” konsepti doirasida go‘zallik prototip ma’nolarining botiniy go‘zallik, zohiriy go‘zallik, muhit, hodisa, predmet go‘zalliklari kabi aksiologik xususiyatlari bilan bog‘liq xulosalardan 50-05/89 raqamli «Tablig‘i merosi farhangi toҷikoni viloyati Surxondaryo bar asosi omili hambastagӣ va tahammulpazirii bayni millatho» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Ӯzbekiston Respublikasi tojik milliy madaniy markazining 2019 yil 21 oktyabrdagi 01-75-son ma’lumotnomasi). Natijada har uchala til lisoniy tasviridagi «gӯzallik»ning milliy madaniy xususiyatlari tahlillari loyihaning nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ingliz, o‘zbek va tojik lisoniy tasvirida borliq go‘zalligining estetik qadriyatlarini aniqlash orqali «go‘zallik» konseptining milliy-madaniy va ma’naviy xususiyatlariga doir xulosalardan «O‘zbekiston» teleradiokanali «Bedorlik» dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 14 dekabrdagi O`z\R-1-225-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, o‘zbek va tojik tillaridagi «go‘zallik»ni anglatuvchi estetik bahoning lisoniy ifodalanishi bo‘yicha berilgan ma’lumotlar eshittirishning faktik ma’lumotlar bilan boyishi uchun zamin yaratgan.