Karimov Farxod Isomiddinovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysining bir urug‘pallali geofitlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /guvohnoma LA № 0001878/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.V55.

Ilmiy maslahatchi: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 16.07.2013.V.15.01.

Rasmiy oppenentlar: Pechenisin Vladimir Petrovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor; Belolipov Igor` Vladimirovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  II. Tadqiqotning maqsadi bir urug‘pallali geofitlarning taksonomik tarkibini aniqlash, ma’lumotlarning elektron bazasi va tirik kolleksiyasini yaratishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Farg‘ona vodiysi florasidagi bir urug‘pallali geofitlarining 210 tur, 25 turkum va 9 oiladan iborat bo‘lgan zamonaviy konspekti tuzilgan;

ilk bor 2 yangi  tur (Allium tatyanae F.O. Khass. & F. Karim.va Iris austrotschatkalica Tojibaev, F. Karim. & Turgunov) topilgan va tavsiflangan;

ilk bor 7 turdagi bir urug‘pallali geofitlar (Allium lutescens Vved., A.filidentiforme Vved., A. petraeum Kar. & Kir., A. viridiflorum Pobed., Eremurus altaicus(Pall.) Steven, Iris alberti Regel, Orchis salina Turcz.) O‘zbekiston florasi hamda Chotqol, Farg‘ona, Qurama tog‘ tizmalari va Mo‘g‘ultog‘ uchun yangi o‘simlik turlari aniqlangan;

geofitlarning Farg‘ona vodiysi tog‘ tizmalari, botanik-geografik rayonlari va florotsenotiplaring o‘ziga xoslik darajasi aniqlangan;

Farg‘ona vodiysi florasidagi bir urug‘pallali geofit hayotiy shaklining turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbatlari asosida “piyozbosh” hayotiy shaklining ustunlik qilishi aniqlangan;

Farg‘ona vodiysi geofitlarining endemizm ko‘rsatkichi barcha geofitlarning 22% dan ko‘prog‘ini tashkil qilishi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona vodiysi florasidagi bir urug‘pallali geofitlarni tadqiq qilish doirasida olingan natijalar asosida:

Farg‘ona vodiysi bir urug‘pallali geofitlariga mansub 1201 gerbariy namunalari asosidagi ma’lumotlar bazasi Bioxilmaxillik bo‘yicha ma’lumotlarning global tizimiga joriy etilgan (Global Biodiversity Information Facility www.gbif.org, 2016 yil 4 fevraldagi guvohnomasi). Bu O‘rta Osiyo hududidan birinchi marotaba joriy etilgan ma’lumotlar tizimi bo‘lib, GBIF portali orqali dunyodagi yetakchi markazlar bilan ilmiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi;

o‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritishda foydalanish uchun Farg‘ona vodiysi bir urug‘pallali geofitlarning konspekti, GAT texnologiyasi yordamida yaratilgan xaritalar bilan mustahkamlangan ma’lumotlarning elektron bazasi taqdim etilgan (Davgeodezkadastr qo‘mitasining 2015 yil 21 avgustdagi 02-03-3751-son ma’lumotnomasi). Bu vodiy florasining davlat kadastrini tuzish va monitoringini tashkil qilishda birlamchi asos sifatida xizmat qiladi;

Farg‘ona vodiysida muhofaza etiladigan hududlarni rejalashtirishning ilmiy asoslari sifatida foydalanish uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga joriy etilgan (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2015 yil 30 oktyabrdagi OE-02/10-4906-son ma’lumotnomasi). Ma’lumotlar kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar tarkibi, tarqalishi va ularni muhofaza etishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish