Bodirov Abdurahmon Javunboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (1925-1941 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar120.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomuradov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Normurodova Go‘zal Bekmurodovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1925–1941 yillarda Samarqand viloyatida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1925-1930 yillarda Samarqand shahri poytaxt sifatida respublikaning siyosiy va ma’muriy markaziga aylanishi natijasida sovet hokimiyati tomonidan viloyatda uy-joy muammosi va kommunal sohani yaxshilashga qaratilgan maishiy o‘zgarishlar mahalliy aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga xizmat qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik poytaxtning ko‘chirilishi oqibatida bu masalalar e’tibordan chetda qolganligi ochib berilgan;
sobiq sovet hokimiyati tomonidan industrlashtirish siyosatining amalga oshirilishi viloyat iqtisodiyotida yangi sohalar va sanoat markazlarini tashkil etish jarayonida hunarmandchilikning ahamiyati katta bo‘lib, hunarmandchilik kooperatsiyalari va artellarga birlashtirishi, ularni qisman yangi uskunalar bilan ta’minlanishi natijasida 1930 yillardagi yalpi mahsulot o‘sishida hunarmandlarning o‘rni katta bo‘lganligi yoritib berilgan;
oliy o‘quv yurtlari talabalarining “siyosiy tozaligini tekshiruvchi” komissiyaning Samarqand viloyatida faoliyat olib borganligi, ijtimoiy kelib chiqishi mehnatkash bo‘lmagan, mulkdor tabaqaga mansub bo‘lgan talabalarni “fosh” qilish va ularni oliy o‘quv yurtlaridan chetlashtirish ishlari ta’lim tizimida asosiy e’tibor ilm berishga emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi shubhali bo‘lgan talabalar huquqlari cheklanganligi aniqlangan;
“Hujum” harakati davrida Samarqand viloyatida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilgan tadbirlar, xususan, xotin-qizlar yuzini ochish bo‘yicha respublika va viloyatlar o‘rtasida o‘tkazilgan sotsialistik musobaqalar aholining turmush tarzi, oila va nikoh munosabatlarida ziddiyatli holatlarni ham keltirib chiqarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
1925–1941 yillarda Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Samarqand viloyatining 1925–1941 yillardagi tarixi, aholining milliy tarkibiga oid statistik ma’lumotlar, ijtimoiy sohada yuzaga kelgan muammolar, bol`sheviklarning sotsialistik madaniyatni targ‘ib qiluvchi materiallaridan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxona fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 01-12-10-103-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi arxiv fondlarini yangi statistik ma’lumotlar, birlamchi manbalar bilan boyitishga va uning qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish, sanoatlashtirish sur’atlarini jadallashtirishning asoratli oqibatlarini chuqurroq tadqiq etish imkoniyatini yaratgan;
oliy o‘quv yurtlari talabalarining “siyosiy tozaligini tekshiruvchi” komissiyaning Samarqand viloyatida faoliyat olib borganligi, ijtimoiy kelib chiqishi mehnatkash bo‘lmagan, mulkdor tabaqaga mansub bo‘lgan talabalarni “fosh” qilish va ularni oliy o‘quv yurtlaridan chetlashtirish oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 936-sonli qarori asosida muzey ekspozisiyasining “Sovet hokimiyatining “kollektivlashtirish” va “quloqlashtirish” siyosati, uning fojiali oqibatlari (1930–1936 yillar)” nomli 5-bo‘limi, “30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag‘onlar (1929–1936 yillar)” nomli 6-bo‘limi, “1937–1938 yillardagi siyosiy qatag‘onlar” nomli 7-bo‘limlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2019 yil 16 yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar mazkur davr ekspozisiyasini materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, Vatan va yurt ozodligi uchun kurashgan, qatag‘on qilingan ajdodlarimiz qismatini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.