Mirtadjieva Karamat Taxirovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:«Disksimon galaktikalarda asosiy tarkibiy tuzilmalar shakllanishining nochiziqli nazariyasi», 01.03.01 - astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.FM143.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti xuzurudagi 16.07.2013.FM.11.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Chernin Artur Davidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Korshunova Natal`ya Aleksandrovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulova Muxayo Yunusovna, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: V.G. Fesenkov nomidagi Astrofizika instituti, Qozog‘iston Respublikasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Disksimon o‘zgravitatsiyalanuvchi tizimlar nochiziqli nostatsionar modellarini tuzish va spiral galaktikalardagi alohida tarkibiy tuzilmalarning shakllanish nazariyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
disksimon galaktikalarda halqa, lopsaydal va egrilanish holatlari yuzaga kelishining nochiziqli nostatsionar nazariyasi yaratilgan;
ilk bor tezliklarning anizotrop diagrammasiga ega bo‘lgan DO‘Tning umumlashgan va uchta tarkibiy nochiziqli nostatsionar fazaviy modellari tuzilgan va ularning asosiy fizik xarakteristikalari topilgan;
fizik halqasimon galaktikalarning ushbu tuzilmalarning ko‘rinma belgilariga nisbatan 9 ta guruhdan iborat klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Disksimon tizimlarda ikki halqali tuzilma shakllanishiga mos nochiziqli nostatsionar modellar fizik parametrlarining boshlang‘ich qiymatlari orasidagi kritik bog‘lanishlar ilk bor topilgan;
birinchi marta anizotrop disk umumlashgan nostatsionar modeli fonida o‘rganilayotgan asosiy tarkibiy tuzilmalar shakllanishining mexanizmlari va mezonlari aniqlangan. Masalan, agar anizotrop modelning boshlang‘ich to‘liq kinetik energiyasi boshlang‘ich potensial energiyaning ko‘pi bilan 30,6 foizini tashkil etsa, lopsaydlik fenomeniga olib keladigan radial harakatlar beqarorligi sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
ilk bor nochiziqli pul`satsiyalanuvchi diskda egrilanish, lopsaydal va halqa tuzilmalari yuzaga kelishining xarakterli vaqtlari va modellar nostatsionarlik darajasining kritik qiymatlari topilgan. Egrilanish holatida, nostatsionar anizotrop model` fonida avval asimmetrik egrilanishi namoyon bo‘lishi, so‘ng gumbazsimon egrilanish shakllanishi, biroq, aylanish parametri qiymatining ortishi bilan gumbazli beqarorlik nisbatan muhim rol` o‘ynashi aniqlangan;
disk aylanish parametrining kichik va o‘rtacha me’yor qiymatlarida izotrop va anizotrop nochiziqli nostatsionar o‘zgravitatsiyalanuvchi disksimon modellar tebranishlarining vertikal modalari gorizontal modalariga nisbatan ustunlik qilishi, aylanishning maksimal qiymatlarida esa aksincha holat kuzatilishi ilk bor ko‘rsatilgan;
ilk bor izotrop modelga nisbatan anizotrop model` o‘rganilgan gorizontal modalariga nisbatan barqaror, vertikal modalar uchun esa aksincha, izotrop model` barqarordir. Aylanish parametrining Ω=0,5 qiymatida (0;4), (1;3), (4;5) va (5;6) modalariga nisbatan izotrop va anizotrop modellar o‘zlarini bir xil tutishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: nochiziqli nostatsionar disk modellari parametrlari uchun beqarorlik va barqarorlikning tor sohalarini va rezonans nuqtalari uchun aylanish parametrining kritik qiymatlarini aniqlash natijalari hamda tebranish modalari beqarorliklari inkrementlarini topish usullari nochiziqli nostatsionar sferik konfiguratsiya ko‘rinishidagi boshqa o‘zgravitatsiyalanuvchi tizim modellari uchun tebranish modalarining tadqiqoti masalalarida Fundamental tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi № FM-2-336 «Sferik sistemalar evolyusiyasi boshlang‘ich bosqichining ba’zi muammolari»(O‘zMU, 2004–2005) grantining bajarilishida qo‘llanilgan. Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalarning qo‘llanishi orqali beqarorlikning analogik tor sohalari va sistema geometriyasi roli hamda sferik o‘zgravitatsiyalanuvchi tizimlarda kuzatilayotgan ayrim tuzilmalar shakllanishining real mexanizmlari aniqlangan. (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 16 fevraldagi FTK-02-13/103-sonli xati).