Tuxtabaev Jamshid Sharafetdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida korxonalarda mehnat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.3.PhD/Iqt231.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamarasulov Fazliddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida mehnat samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir ko‘lami aniqlangan holda mehnat samaradorligini oshirishning istiqbol modeli eksponensial va darajali funksiya asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining mezonlari – “ijtimoiy-iqtisodiy” va “iqtisodiy ishlab chiqarish” asosida va baholash ko‘rsatkichlari – “maqsadga yo‘naltirilganlik” va “resurs-sarf” negizida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda “innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”, “mehnatni samarali tashkil qilish” va “mehnat salohiyatini ko‘tarish”ning zaxira manbalari aniqlangan va ulardan samarali foydalanish mexanizmi tashkiliy-iqtisodiy tamoyillar asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning strategik innovatsion yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mehnat samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir ko‘lami aniqlangan holda mehnat samaradorligini oshirishning istiqbol modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “O‘zmetkombinat” AJning “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ faoliyatida qo‘llanilgan (“Sho‘rtanneftgaz” MChJning 2018 yil 11 sentyabrdagi 02/173-son, “O‘zmetkombinat” AJning 2019 yil 29 yanvardagi 01/01-13-06-39-son va “O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 4 fevraldagi 03-557/A-con ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy ishlanmaning joriy etilishi natijasida “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJda mehnat unumdorligi darajasi jami 0,5%, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 0,8% va “Sho‘rtanneftgaz” MChJda moddiy ashyoni tejab qolish va mahsulot ishlab chiqarishni qo‘shimcha 0,01 foizga oshirish imkonini bergan;
mehnat samaradorligini oshirish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mezonlari, baholash ko‘rsatkichlari va mehnatni tashkil etishning innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar “Sho‘rtanneftgaz” MChJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ amaliyotida foydalanilgan (“Sho‘rtanneftgaz” MChJning 2018 yil 11 sentyabrdagi 02/173-son va “O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 4 fevraldagi 03-557/A-con ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida korxonalarda mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash, mehnat natijasini baholashda ishlab chiqarishdagi sarflar va ularning o‘rnini aniqlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish zaxira manbalari va ulardan samarali foydalanish mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “O‘zmetkombinat” AJ tizimining “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ, “Alloy steel business” MChJ, “Qarshi ta’mirlash zavodi” MChJ faoliyatida qo‘llanilgan (“Sho‘rtanneftgaz” MChJning 2018 yil 11 sentyabrdagi 02/173-son, “O‘zmetkombinat” AJning 2019 yil 29 yanvardagi 01/01-13-06-39-son va “O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 4 fevraldagi 03-557/A-con ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish hajmi jami 0,15%, “Qarshi ta’mirlash zavodi” MChJ, “Alloy steel business” MChJ, “Sho‘rtanneftgaz” MChJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJda ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.