Baqoeva Gulbahor Matyoqubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda derivativlarni qo‘llash istiqbollari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt473.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy instrumentlardan, jumladan, derivativlardan foydalanish imkoniyatlarini bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston fond bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalarning ko‘lamini kengaytirish va xalqaro talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishga xizmat qiladigan derivativlarni joriy etish shart-sharoitlari aniqlanib, ularning kapital bozoridagi samaradorligi asoslab berilgan;
opsion shartnomalarini birja instrumenti sifatida brokerlik idoralari ishtirokida amaliyotga qo‘llash afzalliklari va fond bozoridagi likvidlilik darajasini tartibga solish uchun birja hamda birjadan tashqari amaliyotlarni «Road show»lar orqali kengaytirish taklifi asoslangan;
risklilik darajasi past bo‘lgan amerika opsioni, f`yuchers shartnomalari kabi derivativ shakllaridan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan va O‘zbekiston fond bozori faoliyatida ularni qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston fond bozorida moliyaviy sarmoyaning samaradorligini aksiya va obligatsiyalarning likvidlilik darajasiga bog‘liq holda korxonalarning portfelini shakllantirish hamda IPO va SPO amaliyotlarini fond birjasi listingida bo‘lmagan korxonalar uchun amaliyotga kiritish, birjadan tashqari aksiya savdosini yo‘lga qo‘yish orqali aksiyadorlik jamiyatlarining tijorat faoliyatlarini kengaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va unda moliyaviy derivativlarni qo‘llash istiqbollarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston sharoitida moliyaviy instrumentlarning noan’anaviy turlarini, ya’ni derivativlarni aksiya va obligatsiyalarning risklilik va likvidlilik darajasini tartibga solishda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar «Toshkent» Respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlar savdo hajmini baholash jarayonida foydalanilgan («Toshkent» Respublika fond birjasining 2018 yil 9 oktyabrdagi 01/15-09-1550-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi asosida O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi moliyaviy muhitni yaxshilashda va xalqaro fond bozorlari bilan integratsiyalashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekiston fond bozorining hozirgi kundagi holatini inobatga olgan holda moliyaviy instrumentlarni samarali ishlatishda xalqaro tajriba asosida fond bozori faoliyatining yaxshilanishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 iyuldagi ShB-05/05-1-7523-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi asosida O‘zbekiston Respublikasining investision muhitini yaxshilashda va qimmatli qog‘ozlar bozoriga qaratilgan investisiya loyihalarini moliyalashtirishda samarali usullarni belgilashda amaliy yordam bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5630-son Farmonidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda moliyaviy sarmoya samaradorligini aniqlash uslubi korxonalarning aksiyalari foydaliligi darajasini aniqlashda qo‘llanilgan («Toshkent» Respublika fond birjasi huzuridagi «Portfolio Investments» Brokerlik idorasining 2019 yil 7 martdagi 36-son ma’lumotnomasi). Fond bozorlaridagi moliyaviy instrumentlar samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va ishlab chiqilgan takliflar asosida qimmatli qog‘ozlar bozorining samaradorligini belgilab beruvchi likvidlilik ko‘rsatkichidan amaliy foydalanish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 apreldagi «Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil etish» to‘g‘risida Qaroridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan model` Markaz tomonidan moliya va iqtisodiy yo‘nalishlardagi yangi innovatsion tadqiqotlarni tatbiq etish bo‘yicha dasturni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazining 2018 yil 25 iyuldagi 8/47-son ma’lumotnomasi). Regression tahlil asosida ishlab chiqilgan model` va dissertatsiyaning asosiy natijalarining tatbiq etilishi yosh tadqiqotchi va olimlarning ilmiy faoliyatini Markaz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida ijobiy natija bergan.