Mamadiyarov Zokir Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt489.
Ilmiy rahbar: Alimardonov Elshod Dilshodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.16.03.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliev Sherbek Turaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy bank xizmatlarining samaradorligini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari operatsion xarajatlarining barqaror darajasini ta’minlash taklif etilgan;
tijorat banklari faoliyatiga mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik ko‘rsatkichi va mijozlarning bank xizmatlarini boshqalarga tavsiya etish ko‘rsatkichini respublika bank amaliyotiga joriy etish orqali bankning moliyaviy xizmatlari samaradorligini oshirish tavsiyasi asoslangan;
bank kartalari infratuzilmasini moliyalashtirish amaliyotini qo‘llab-quvvatlash, plastik kartalar bo‘yicha kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish yo‘li bilan hududlarda bank kartalariga asoslangan to‘lov amaliyotini oshirish taklifi asoslab berilgan;
masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda vizual ko‘rinishlarni mijoz ixtiyoriga ko‘ra moslashtirish va operatsiyalarni amalga oshirishning maxsus avtomatik rejimini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
masofaviy bank xizmatlarining samaradorligini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari operatsion xarajatlarining barqaror darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son farmoniga 1-ilova 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 62-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi «Taraqqiyot strategiyasi» markazining 2019 yil 7 martdagi 375/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmat turlari samaradorligini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari operatsion xarajatlarining barqaror darajasini ta’minlashga xizmat qilgan;
tijorat banklari faoliyatiga mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik ko‘rsatkichi va mijozlarning bank xizmatlarini boshqalarga tavsiya etish ko‘rsatkichini respublika bank amaliyotiga joriy etish orqali bankning moliyaviy xizmatlari samaradorligini oshirish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son farmoniga 1-ilova 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 62-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi «Taraqqiyot strategiyasi» markazining 2019 yil 7 martdagi 375/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatkichlar bankning moliyaviy xizmatlari samaradorligini doimiy nazorat qilish bilan bir qatorda, masofaviy bank xizmat turlari ommabopligini oshirish hamda operatsion daromadlarni oshirish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilishda ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida, bank xizmatlari sifati, narxi va boshqa omillarni baholash imkoni yaratilib, operatsion xarajatlarni kamaytirish va mijozlar sonini ko‘paytirishga yordam bergan;
bank kartalari infratuzilmasini moliyalashtirish amaliyotini qo‘llab-quvvatlash, plastik kartalar bo‘yicha kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish yo‘li bilan hududlarda bank kartalariga asoslangan to‘lov amaliyotini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining «Chakana bank xizmatlari ko‘rsatish departamenti to‘g‘risida»gi nizomini ishlab chiqishda inobatga olingan («Mikrokreditbank» ATB boshqaruvining 2019 yil 24 iyuldagi 10-30/7270-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida, bank plastik kartalar bo‘yicha kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarish va kreditlarning xatarlilik darajasi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflanishini nazorat qilish takomillashtirilgan;
masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda vizual ko‘rinishlarni mijoz ixtiyoriga ko‘ra moslashtirish va operatsiyalarni amalga oshirishning maxsus avtomatik rejimini joriy etish taklifi «Mikrokreditbank» ATB tizimida yangi joriy etilgan «MKB Mobile» ilovasining funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida»gi Yo‘l xaritasini ishlab chiqishda inobatga olingan («Mikrokreditbank» ATB boshqaruvining 2019 yil 24 iyuldagi 10-30/7270-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida «MKB Mobile» ilovasi takomillashgan va foydalanuvchilari soni 2017 yilda 63209 tadan 2018 yilda 182085 taga etdi ya’ni 2,88 barobarga o‘sgan.