Tashtemirova Nadira Nematillaevnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproq eroziyasini hisobga olgan holda atmosferada zaharli moddalar tarqalishini bashorat qilishning matematik modelini va hisoblash algoritmini ishlab chiqish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T195.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normahmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududlarining ekologik holatini kuzatish va bashorat qilish uchun mos matematik modellarni, hisoblash algoritmlarini va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
atmosferaning chegara qatlamida zaharli aerozol zarralarini tarqalish jarayonini monitoring va tadqiq qilish uchun gidromexanikaniing asosiy qonunlari asosida matematik model` ishlab chiqilgan;
atmosferadagi mayda zarralarni ko‘chish va diffuziya jarayonining bashorat etilishi uchun matematik modeli tuproq eroziyasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
atmosferada aerozol zarralarni diffuziyasi va ko‘chish masalasi echimining mavjudligi va yagonaligi isbotlangan;
atmosferada aerozol zarralarni tarqalish jarayonini ifodalovchi matematik modeli asosida masalalarini echishning sonli algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Atmosferada zaharli moddalarning tarqalishi bo‘yicha yaratilgan modellar, algoritmlar va dasturiy majmualar asosida:
sanoat hududlarining ekologik holatini kuzatish va programmalashtirish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy ta’minot tizimlari Jizzax va Samarqand viloyatlari tabiatini muhofaza qilish qo‘mitalarida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 33-8/9061-son, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02-02/8-159-son ma’lumotnomalari). Natijada sanoatli hududning ekologik holatini oldindan aniqlash va ogohlantirish hisobidan 10–12% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
atmosferaning er ustki qatlamining sanoat hududlaridagi ekologik holatini kuzatish va bashoratlash uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy ta’minot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy–tadqiqot institutida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 33-8/9061-son, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02-02/8-159-son ma’lumotnomalari). Natijada sanoatli hududning ekologik holatini oldindan aniqlash va ogohlantirish hisobidan 11–13% iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
shamol tezligi va yo‘nalishini, zaharli moddalar konsentratsiyasining maksimal ruxsat berilgan normalarini va hududiy orografiyani hisobga olgan holda sanoat ob’ektlari yaqinidagi hududlarning ekologik holatini baholash uchun dasturiy mahsulotlarni Toshkent viloyatida tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Angren, Olmaliq, Chirchiq tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalari tomonidan joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 33-8/9061-son, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02-02/8-159-son ma’lumotnomalari). Ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha Ohangaron vodiyida yashaydigan aholiga sanoat korxonalarining ta’siri va yangi quriladigan korxonalarni optimal joylashtirish hisobidan, ekologik ta’sirini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish