Mirzaxmedova Nargiz Alisultanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xirurgik va fiziologik menopauzadagi ayollarda metabolik sindromning klinik-genetik jihatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib184.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Delya Faxrutdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ulug‘bek Kayumovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: D.O. Otta nomidagi Akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik va fiziologik menopauzadagi ayollarda metabolik sindromning klinik-genetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
menopauzadagi ayollarda metabolik sindrom rivojlanishida ishtirok etuvchi (PPARG, TCF7L2, APOE, ApoCIII, ADIPOQ, ACE) genlarining allel variantlari va genotiplari uchrashi darajasi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga xos ayollarda metabolik sindrom komponentlari (QD2, AS, DLP, AG) shakllanishi APOE, ADIPOQ, ACE genlar polimorfizmi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
xirurgik va fiziologik menopauzadagi ayollarda metabolik sindrom rivojlanishida gormonal ko‘rsatkichlar (testosteron, erkin testosteron) miqdorining ortishi va estrogen miqdorining pasayishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligida jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin miqdorining kamayishi, erkin testosteron bilan endotelial disfunksiya markerlari miqdorining ortishiga bog‘liqligi aniqlangan;
menopauzadagi ayollarda metabolik sindromni bashoratlash va erta tashxislashda antropometrik (bel va son aylanasi) ko‘rsatkichlar bilan glyukozaga tolerantlik testi va glikozirlangan gemoglobin (HbA1s) miqdori darajasiga o‘zaro bog‘liq ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xirurgik va fiziologik menopauzadagi ayollarda metabolik sindromning klinik-genetik jihatlarini aniqlash, bashoratlash, tashxislash va profilaktika qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ayollarda arterial gipertoniyaning kechishi va davolash algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 8n-r/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma menopauzadagi ayollarda arterial gipertenziyaning rivojlanishiga olib keluvchi omillarni aniqlash, og‘ir kardiovaskulyar asoratlarni bashorat qilish, xavf guruhini aniqlash va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Menopauzadagi ayollarda metabolik sindromning kechishi, diagnostika va profilaktika xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 8n-r/109-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma menopauzal metabolik sindromning diagnostik va bashoratlovchi mezonlarini takomillashtirish, xirurgik menopauzadagi ayollarda estrogen tanqisligini davolashni kechiktirmaslik muhimligini, kasallik etiologiyasi, patogenezi va klinikasi haqida ma’lumotlar olish xamda erta tashxislash va kelib chiqadigan asoratlarining oldini olishga xizmat qilgan;
xirurgik va fiziologik menopauzadagi ayollarda metabolik sindromning klinik-genetik jihatlarini aniqlash, erta tashxislash va prognozlashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahar 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi, Toshkent shahar 2-sonli akusherlik kompleksi, Qibray tuman tibbiyot birlashmasi va Xorazm viloyati kardiologiya ilmiy-amaliy markazi filialiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 8n-d/67-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar jarrohlik menopauzasidagi ayollarda metabolik sindromning klinikaga qadar belgilarini bashoratlash va erta tashxislashni takomillashtirish hamda og‘ir kardiovaskulyar asoratlar sonini 12% ga kamaytirishga imkoniyat yaratgan.