Nazarova Sevara Mustakimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining hozirgi davr agrofizikaviy holati», 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx159.
Ilmiy rahbar: Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Haydarovich, biologiya fanlari doktori; Axmedov Almon Usmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasining turli tuproq-iqlim sharoitida tarqalgan o‘tloqi tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalarini aniqlash va meliorativ holatini baholash orqali tuproqqa to‘g‘ri ishlov berishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning hozirgi davr agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning sho‘rlanish darajasi, mexanik tarkibi va sug‘orish davomiyligining ishlov berish sifatiga bog‘liqligi aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibiga bog‘liq holda sug‘orishning maqbul gektariga 700–1200 m3  me’yorlari ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda antropogen omillar ta’sirida sodir bo‘layotgan salbiy jarayonlar-sho‘rlanish, tuproq zichligi va qattiqligining ortib borishi, struktura holatining buzilishi, nam etishmovchiligi, organik va oziqa moddalar miqdori kamayib borishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining hozirgi davr agrofizikaviy holatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Buxoro viloyati tuproqlari unumdorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar» fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 03-05-3538-son ma’lumotnomasi).  Natijada Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida tuproq unumdorligiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va ularni parvarishlash uchun o‘tkaziladigan  agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Buxoro vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar hududidagi Vobkent tumanidagi I.Naimov, Kogon tumanidagi “Bo‘ston”, Jondor tumanidagi “Istiqlol” va  Qorako‘l tumanidagi “Darg‘ali” massivlari tuproqlarining 1:10000 masshtabda mexanik tarkib xaritalari tuzilgan hamda 12662 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 03-05-3538-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kartografik materiallar er maydonlarini tabaqalashtirib sug‘orish, sho‘r yuvish, o‘g‘itlash va tuproqqa kam ishlov berish imkonini bergan;
cug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida kam ishlov berish, ya’ni texnikalarni er maydonlariga kirishini va zichligini kamaytirish tizimi amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 03-05-3538-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning Vobkent, Kogon, Jondor va Qorako‘l tumanlari sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining agrofizikaviy, agrokimyoviy va meliorativ holatlari yaxshilanib, tuproq unumdorligi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish