Mamadalieva Nodira Isakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipoksiya sharoitida yurak to‘qimasida lipidlar metabolizmining buzilish mexanizmlari», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B98.
Ilmiy rahbar: Saatov Tal’at Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashova Mukarram Jurabaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipoksiya sharoitida yurak to‘qimasida fosfo-glikolipidlar  tarkibi  o‘zgarishlarini, lipidlarning peroksidlanishi va antioksidant tizimi holatini aniqlash hamda liposomalar asosida farmakokorreksiyalashni yangi yondashuvini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak to‘qimalarining fosfolipidlari va serebrozidlarining sub- va dekompensatsiyalangan gipobarik gipoksiya jarayonida  sifat va miqdoriy tarkibi o‘zgarishlari aniqlangan;
gipoksiya sharoitida  yurak to‘qimalarining glikolipidlari tarkibida sul`fatidlar miqdorining oshishi va serebrozidlar miqdorining pasayishi natijalar asosida isbotlangan;
gipoksiyaning intensivligi va davomiyligida yurak to‘qimasidagi LPO va AOT holatini o‘zgarishlari aniqlangan;
AOT fermentlar faolligini modulyasiyalashga yo‘naltirilgan, ekzogen fosfo-glikolipidlar va antioksidantlar yurak to‘qimalarida gipoksik zararlanishni korreksiya qiluvchi yangi maqsadli yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak to‘qimalaridagi fosfo-glikolipidlarning sifat va miqdor o‘zgarishlari va LPO-AOT tizimini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
liposoma olish usulidan TA-FA-F-6-002 raqamli «Ajratib chiqarish nazorat qilinadigan biologik faol oqsil va polifenol biomateriallarni konstruksiyalash» loyihasida liposomal preparat bilan biologik faol oqsil va polifenol biomateriallarni konstruksiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 martdagi 4/1255-590-son ma’lumotnomasi). Natijada liposomal vosita yordamida biologik faol oqsil va polifenol biomateriallarni konstruksiyalash imkonini bergan;
gipoksiya sharoitida lipidlarning perekisli oksidlanishini o‘zgarishlaridan FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» loyihasida antioksidant tizimi faolligi kamayishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 martdagi 4/1255-591-son ma’lumotnomasi). Natijada gipoksiyaning organizmga ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish