Xandamov Davron Abdikodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan montmorillonitlarda ba’zi organik moddalar bug‘larining adsorbsiyalanish termodinamikasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/K61.
Ilmiy maslahatchi: Muminov Subxutdin Ziyaviddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sharipov Xasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikasiyalangan adsorbentlar olish va ularda benzol, toluol, piridin,atsetonitril va metanol adsorbsiyasi hamda adsorbsiya termodinamikasining o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navbahor ishqoriy bentoniti asosida modifikatsiyalangan (metil-, etil-, tetrametilammoniy-, piridiniyli va poligidroksialyuminiyli) adsorbentlar olingan;
modifikasiyalangan bentonitlarni qutbsiz moddalar (benzol va toluol) bug‘larini adsorbsiyalash qobiliyatlariga muvofiq: RuB > TMAB > EAB > MAB > PGAB, qutbli piridin va atsetonitril adsorbsiyasi bo‘yicha: PGAB > TMAB > RuB > MAB > EAB va metanol adsorbsiyasi bo‘yicha quyidagicha: TMAB > RuB > EAB > MAB faollik qatoriga joylashtirish mumkinligi asoslangan;
termik faollashning adsorbentlar adsorbsiyalash xossalariga ta’siri, struktura-adsorbsion ko‘rsatgichlari hamda ularda mikrog‘ovaklar va mezog‘ovaklar hajmlari aniqlangan;
modifikasiyalangan bentonitlarda turli guruhlarga mansub organik moddalar differensial adsorbsiya issiqligi va entropiyalarini keng temperatura oralig‘ida va adsorbsion muvozanat holatlarida ularni adsorbsiya miqdoriga ko‘ra o‘zgarishining ayrim omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
modifikatsiyalangan adsorbentlarda adsorbsiya potensialining o‘zgarishi, adsorbsiya issiqligi egrisi benzol va toluolda bir maksimum, piridinda ikki maksimum qiymatlari, metanolda bir (MAB, TMAB) va ikki (EAB, PGAB) pog‘onasimon ko‘rinishi asoslangan;
modifikasiyalangan adsorbentlarda benzol va toluol bug‘lari adsorbsiya issiqligi maksimum qiymatlarda π-komplekslar, atsetonitril, piridin va metanol adsorbsiyasida ion-molekulyar komplekslar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Modifikasiyalangan adsorbentlarda benzol, toluol, piridin, atsetonitril va metanol bug‘larning adsorbsiyasi va adsorbsiya termodinamikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi organoadsorbentlar shahar kanalizatsiya oqava suvlari tarkibidagi neft` mahsulotlarini tozalashda «Suvsoz» DUKga qarashli Salar to‘yintirish inshoatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 03-02/3-530-son ma’lumotnomasi). Natijada modifikatsiyalangan adsorbentlar turlariga qarab sanoat oqova suvlari tarkibidagi neft` mahsulotlarini 76,2% dan 82% gacha tozalash imkonini bergan;
adsorbent-adsorbat ta’sirlanshuv energiyasining yuqori yoki o‘zgarmasdan borishi, adsorbatlar tabiatiga bog‘liq holda π-komplekslar yoki ion-molekulyar komplekslarning xosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi EF7-FA-0-11832 raqamli «VaY g‘alvirda ion-molekulyar komplekslarning energetikasi, strukuturasi va lokalizatsiyasi» mavzusidagi fundamental loyihasida ilmiy natijalarni taqqoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 8 yanvardagi 4/1255-30-son ma’lumotnomasi). Natijada adsorbsiya mexanizmlarini ochish imkonini bergan;
modifikasiyalangan adsorbentlarga ba’zi organik moddalar bug‘lari adsorbsiyasiga oid ma’lumot va xulosalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrlariga mo‘ljallangan «Organik birikmalar reaksiyalari mexanizmlari» darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (Guvohnoma, №1000-118). Natijada magistrlarning adsorbsiya mexanizmlari sohasida bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish