Shoazizov Nodir Nigmatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tez-tez kasallanadigan bolalarda surunkali sinusit rivojlanishining immunologik mexanizmlari va immunokorreksiyani asoslash», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya; 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib299.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori; Xasanov Saidakrom Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tez-tez kasallanadigan bolalarda surunkali sinusit rivojlanishining immunologik mexanizmlarini aniqlash va immunokorreksiya usulini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tez-tez kasallanuvchi bolalar surunkali rinosinusitida CD3, CD4, IgA, IgM, IL-1β, IFNγ va fagotsitar faollik darajasining ishonarli kamayishi hamda CD8, CD16, CD20, IgG, IL-4 miqdorining keskin ortishi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor tez-tez kasallanuvchi bolalar surunkali rinosinusiti burun ajralmasida sIgA, IL-1β, IFNγ kamayishi va IgE, IL-4 miqdorlari ortishiga bog‘liq lokal immunitet faoliyatining o‘zgarishi aniqlangan;
kam kasallanuvchi bolalar surunkali rinosinusiti immunologik mexanizmida T-limfotsitlar miqdorining pasayishiga to‘g‘ri proporsional ravishda fagotsitar faollik va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan;
ilk bor kam kasallanuvchi bolalar surunkali rinosinusiti burun ajralmasida sIgA, IFNγ pasayishi bilan IgE, IL-1β, IL-4 miqdorlarining ortishiga bog‘liq lokal immunitet holatidagi turg‘unlikni buzilishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tez-tez kasallanadigan bolalarda surunkali sinusit rivojlanishining immunologik mexanizmlarini aniqlash va immunokorreksiya usulini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Maktabgacha yoshdagi tez-tez va kam kasallanadigan bolalarda surunkali rinosinusitni tashxislashdagi sitokinlarning miqdorini aniqlashning ahamiyati» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n-d/29-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali rinosinusitga chalingan bolalarda immunitetning sitokinlari bo‘g‘inidagi buzilishlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
tez-tez kasallanadigan bolalarda surunkali sinusit rivojlanishining immunologik mexanizmlarini aniqlash va immunokorreksiya usulini samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-z/87-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar surunkali rinosinusit bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi immunokoregirlovchi davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikning qaytalanish darajasini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va ularni tibbiy yordamga murojaatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratgan.