Nosirova Zarifaxon G‘ulamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tutni parvona (Glyphodes pyloalis W.)dan zaharli bo‘lmagan vositalar yordamida himoya qilish tizimini yaratish», 06.01.09– O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx304.
Ilmiy rahbar: Anorbaev Azimjon Rayimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobobekov Qalandar Bobobekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati sharoitida tut parvonasining bioekologik xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi, zararlilik darajasi va tabiiy kushandalarining sistematik tahlili va samarali turlarini qo‘llash, tutni parvonasi miqdorini boshqarishda zaharli bo‘lmagan vositalardan foydalanish tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut parvonasining tut plantatsiyalarida rivojlanishi, populyasiya miqdorining o‘zgarishiga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
tut parvonasining asosiy samarali entomofag turlari aniqlangan;
tut parvonasi tuxumlariga qarshi yaydoqchilarning yangi turi Trichogramma dendrolimi turini qo‘llash usullari ishlab chiqilgan;
tut parvonasi qurtlari miqdorini boshqarishda samarali mikrobiologik preparatlarning samarali turlari aniqlangan;
tut daraxtlarini tut parvonasidan himoya qilish maqsadida agrotexnik tadbirlar hamda feromon tutqichlardan foydalanish muddatlari va usullari aniqlangan;
tut daraxtlarini parvonadan zaharli bo‘lmagan vositalar yordamida himoya qilishning usul va vositalari ishlab chiqilgan, ularning xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tutni parvona (Glyphodes pyloalis W.)dan zaharli bo‘lmagan vositalar yordamida himoya qilish tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
tut parvonasi miqdorini boshqarishda ekologik xavfsiz usullar va vositalar Bioslip-BT, 45 mlrd/mg 2 kg/ga, Lepidotsid-BF, kuk, 3000 EA/mg – 1,0 kg/ga, Prestij, suyuq, 3000 EA/ml – 2,0 l/ga va Virin XSU sus.k, titr 1x102 spora/ml – 0,2 l/ga sarf me’yorlarda Andijon viloyati Bo‘z tumani “Ilxomjon ipagi”, “Abdujabborov Maxkamboy”, “Sayyoraxon xonadrasi”, “Dilnozaxon pillakor”, “Xosiyatxon ipagi”, “Saidalim Umarov”, “Bo‘zlik Baxromjon ipagi”, Baliqchi tumani “Umidjon unumli dalasi”, “Modern agriculture”, Paxtaobod tumani “O‘tkirjon Xoshimov”, “Agronom olim”, “Usta xoji” fermer xo‘jaliklarida jami 172 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/025-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada tut parvonasining miqdori 76-86% gacha kamaytirilgan va biologik samaradorlikka erishilgan;
tut parvonasi tarqalishining oldini olishda preparatlaran Match – 1,0 l/ga, Nomolt – 0,3 l/ga, segard – 0,5 kg/ga, Al`familin – 0,5 l/ga va Rimon Star – 0,15 l/ga sarf me’yorlarda, Andijon viloyati Bo‘z tumani “Ilxomjon ipagi”, ”Abdujabborov Maxkamboy”, “Sayyoraxon xonadrasi”, “Dilnozaxon pillakor”, “Xosiyatxon ipagi”, “Saidalim Umarov”, “Bo‘zlik Baxromjon ipagi”, Baliqchi tumani “Umidjon unumli dalasi”, “Modern agriculture”, Paxtaobod tumani “O‘tkirjon Xoshimov”, “Agronom olim”, “Usta xoji” fermer xo‘jaliklarida jami 172 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/025-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada tut parvonasining miqdori tut daraxtlarida 81–100% gacha kamaytirilgan, zararkunanda tarqalishining oldi olingan;
tut parvonasi miqdorini boshqarishda tabiiy kushandalardan foydalanish, atrof-muhit uchun bezarar himoya choralarini ishlab chiqish maqsadida yangi introduksiyalangan trixogramma Trichogramma dendrolimi turini zararkunanda tuxumlariga va qurtlariga qarshi, brakon (Bracon hebetor Say.) yaydoqchisini ishlab chiqarishda qo‘llash usullari, muddatlari va sarf me’yorlari Andijon viloyatining Bo‘z, Baliqchi va Paxtaobod tumanlari hududlarida umumiy 172 gektar maydondagi tut plantatsiyalariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/025-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada zararkunanda miqdorini tabiiy boshqarish natijasida tut barglarini 39,1–43,6% gacha saqlab qolishga erishilgan;
tut parvonasi miqdorini boshqarishda atrof-muhit va issiqqonli hayvonlar uchun yuqori zaharli bo‘lmagan usul va vositalarni qo‘llashning samarali usul va vositalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish amaliyotida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/025-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada himoya uchun sarflangan har 1 so‘m evaziga 3,71–5,06 so‘mlik qo‘shimcha mahsulot saqlab qolingan.