O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining navbatdagi rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Rayosat a’zolari, mas’ul xodimlar, shuningdek, OAKning tegishli ekspert kengashlari raislari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatiga doir eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Mazkur Murojaatnomada sohaga oid, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, sifat va natijadorlik asosida amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” bandma-band muhokama qilindi.

So‘ng kun tartibiga muvofiq, attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirish kiritish, bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish, ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash, ekspert kengashlari tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish, murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlashga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

30 nafar talabgor fan doktori, 126 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajalariga, shuningdek, talabgorlarning 22 nafari professor, 68 nafari dotsent va 14 nafari katta ilmiy xodim unvonlariga tasdiqlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulrux Sherboboeva “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘z ilmiy ishlarini taqdim etgan.

– Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, mul`tiservis tarmoqlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari va real vaqt rejimida ilovalarni sifatli uzatish kanallarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, ma’lumotlarni yuqori sifat bilan uzatishda ilmiy asoslar yaratilmoqda. G.Sherboboeva ham “Mul`tiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlarining samaradorligini tadqiq qilishning neyro-noravshan modellari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasida ayni yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishga oid takliflari bilan chiqdi.

Bu yo‘nalishda mul`tiservisli aloqa tarmoqlari va transport tarmoqlarini joriy etish, ularni rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish, noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida mul`tiservis tarmoqlarini boshqarish modellari va algoritmlarini ishlab chiqish muhim, – deydi tadqiqotchi. – Shu bilan birga mul`tiservis tarmoqlari samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash va hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish asosiy vazifalardan biridir. Shuning uchun ham tadqiqotning maqcadi mul`tiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlari samaradorligini baholashning neyro-noravshan modellari va algoritmlarini yaratishdan iborat. Ilmiy ish orqali telekommunikasiya tarmoqlari va xizmatlarini boshqarish jarayonlarining camaradorligini baholashning tizimli tahlilini ishlab chiqish, mul`ticervic tarmoqlari recurclarini boshqarish jarayonida neyro-noravshan modellarini ishlab chiqish va boshqa bir qator takliflarni beryapmiz.

Ilmiy daraja va ilmiy unvonga tasdiqlanganlarga diplom va attestatlar topshirildi.

Manba: http://uza.uz

Yangiliklarga obuna bo‘lish