Umarov Ilhomjon Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Malika ayyor” dostoni leksikasi (tarixiy-etimologik, funksional-semantik va stilistik tahlil)», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil232.
Ilmiy rahbar: Jumanazarova Guljahon Umurzokovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifaxon Madalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent; O‘rinboeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi «Malika ayyor» dostoni leksikasining etimologik, funksional-semantik va stilistik jihatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dostonning leksik qatlamlari tizimi tarixiy-genetik omillar asosida tarkib topganligi aniqlab berilgan;
ijtimoiy-siyosiy leksikaning funksional, uslubiy, kommunikativ, konnotativ  xususiyatlari yoritilgan;
antroponim hamda toponimlarni tarixiy-etimologik jihatdan tasniflash orqali tarixiy qatlam, o‘zlashma, ibora kabilarning o‘ziga xos nomlovchi, ta’sir etuvchi, ifodalovchi etnolingvistik mezonlari ko‘rsatib berilgan;
dostondagi zoonimik va ornitonimik leksik birliklarning funksional-semantik tabiati aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Malika ayyor” dostoni tilining leksik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
tadqiqot natijalaridagi iboralarning semantik va grammatik, funksional-stilistik imkoniyatlarini aniqlashga oid ilmiy kuzatishlardan; antroponim, oykonim va oronimlarni ifodalovchi atoqli otlarning derivatsion xususiyatlari, tarkib topish usullari, oddiy so‘z yasalishi bilan bog‘liq atoqli otlar yasalishiga xos farqli jihatlarni yoritishga oid ilmiy xulosalardan OT–F8–062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 89-03-4950-son ma’lumotnomasi). Natijada, iboralarning ma’no yangilanishlari ochib berilgan; atoqli otlar derivatsiyasi bilan bog‘liq yasalish usullari, shuningdek, antroponim, oykonim va oronimlarning yasalish modullariga doir izohlar va tahlillar mukammallashgan;
dissertatsiya natijalaridan F1-FA-2012-1-8 raqamli “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish muammolari” nomli fundamental loyihaning 27 – (Malika ayyor: dostonlar) jildini nashrga tayyorlash, matn yuzasidan lug‘at tuzish va ilmiy izohlar yozishda zoonimlar bilan bog‘liq o‘rinlarni tahlil qilishda, afsonaviy epik jonivorlardan ot, shuningdek, tuya, it, bo‘ri, toy va boshqa hayvonlar obrazining mifologik asoslari masalasini yoritishda,  ba’zi antroponimlar (Go‘ro‘g‘li, Soqibulbul), toponimlar (Chambil Qo‘yiqof, Yaman), oronimlar (Ko‘klamtog‘, Badbax cho‘l, gaza, adir), gidronimlar (Gulhovuz, Xovdak ko‘l)ning ilmiy izohlarini yozishda va matn yuzasidan lug‘at tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 89-03-4950-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan.
tadqiqot xulosalaridagi fitonimik birlik (pista, zarang, olma, kadi, gul, uzum kabi)larning lisoniy maqomi hamda vazifalari; bulbul, laylak, musicha, qarg‘a-quzg‘un, mayna, to‘ti, g‘oz, shunqor, so‘na-suqsur kabi ornitonimlar; otlarning asbob-anjomlari nomlari (terlik, bellik, ayil, uzangi, quyushqon, abzal kabi); yovvoyi hayvonlardan sher, ayiq, tulki, yo‘lbars, qulon-kiyik, fil, qashqir, bo‘ri kabi zoonimlarni izohlashdagi ma’lumotlardan FA–F8–034 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 89-03-4950-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitonimik va ornitologik leksemalarning izohlari boyigan, mukammallashgan; zoonimlar bilan bog‘liq ilmiy izohlar tuzilgan, sohaga oid o‘zbekcha terminlar sifat jihatdan ma’lum darajada yangilangan;
mazkur tadqiqotdagi iboralar va ularning uslubiy xususiyatlariga aloqador 10 ga yaqin so‘zlar (ko‘z, bosh, yurak, qon, aql, ko‘ngil uzvli iboralar)ning xilma-xil uslubiy ma’nolaridan MUZ-2015-0725140051 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi loyihada muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 89-03-4950-son ma’lu-motnomasi). Natijada, iboralarning qo‘llanishidagi uslubiy ma’nolarni ochib berishga va tavsiflashga xizmat qilgan, loyiha doirasida chop etilgan “Frazelogizmlarning nutqda qo‘llanishi”, “Boshlang‘ich sinflarda iboralarni o‘rganish metodikasi” nomli monografiyalarni tayyorlashda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish