Shamsutdinova El`vira Faridovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir qizlarda surunkali estrogen etimovchiligi holatlarini gormonal davolashning klinik-biokimyoviy jihatlari noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda jarrohlik kontratsepsiya usullarini takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib264.

Ilmiy rahbar: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori,; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir qizlar surunkali estrogen etishmovchiligi holatlari klinik-biokimyoviy jihatlari asosida gormonal davolashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali estrogen etishmovchiligi bo‘lgan o‘smir qizlarda sitoliz va xolestaz ko‘rsatkichlari miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan umumiy ishqoriy fosfataza miqdori ortishi isbotlangan;

gipogonadizmi bo‘lgan o‘smir qizlarda umumiy xolesterin (LPONP) va trigliseridlar miqdori o‘zaro proporsional ortishi aniqlangan;

ilk bor o‘smir qizlar gipogonadizmida tefestrol va didrogesteronni birgalikda qo‘llash ikkilamchi jinsiy alomatlarini rivojlanishiga bevosita ta’siri isbotlangan;

ilk bor estrogen etishmovchiligi bo‘lgan o‘smir qizlarda 17-betta-estradiol va tefestrolning lipidlar almashinuvi ko‘rsatkichlari va jigar metabolizmiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘smirlardagi surunkali estrogen etishmovchiligi holatlarida klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash va gormonal davolashning zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Reproduktiv yoshdagi o‘smirlar va ayollarda surunkali estrogen tanqisligi holatlarini tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 avgustdagi 8n-d/174-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma estrogen tanqisligi holatlarini tashxislashda klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;

«Surunkali estrogen tanqisligi holatlarini davolashda tefestrol» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 avgustdagi 8n-d/174-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali estrogen tanqisligi holatlarini davolashda tefestrol preparatini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarning oldini olishga  xizmat qilgan;

o‘smirlarda surunkali estrogen etishmovchiligi holatlarida klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash va gormonal davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Qarshi filiali hamda Farg‘ona viloyati Beshariq tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 apreldagi 8n-z/43-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash o‘smirlik davrida ayniqsa, gepato-biliar tizimning surunkali kasalliklarida uzoq muddatli gormonlar o‘rnini bosuvchi davolashni qo‘llash orqali asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda ularning  statsionarda davolanish muddatini 5,5 kunga qisqartirish bilan davolash xarajatlarini 19,5% kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish