Qiyosov Sherzod Uralovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.07­-Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt486.

Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

milliy mentalitet hamda aholi turmush darajasi hisobga olingan jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish modeli taklif etilgan;

soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘zaro munosabatlarining sifat jihatidan yangi rejimi sharoitida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish ma’muriyatchiligi faoliyatini baholash usuli takomillashtirilgan;

jahon amaliyotida davlatning soliq tadbirlari pirovardida aholi ixtiyorida qoluvchi daromadlarning o‘sishini ta’minlash hamda  daromadlarning legallashuvidan va ko‘payishidan manfaatdorlikka davlat kafolati kabi ijobiy tendensiyalarni inobatga olib jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning yagona stavkaga asoslanuvchi proporsional tizimini qo‘llash taklif etilgan;

jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish amaliyotida soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy fiskal vositalari hamda ijtimoiy adolat tamoyili talablarini inobatga oluvchi soliq bazasini real va istiqbolli baholash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlarini soliqqa tortishda fuqarolarimiz milliy mentaliteti, aholi turmush darajasini hisobga olib jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning “maxsus” modelini yaratish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 28 martdagi 14-09284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish hisobiga yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodim uchun to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilgan, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga va mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish, I va II guruh nogironlari uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilanishiga imkon bergan;

soliq to‘lovchilar hamda soliq organlarining manfaatli faoliyatini ta’minlashda jismoniy shaxslarning deklaratsiyalangan daromadlaridan soliq undirishda soliq to‘lovchining “shaxsiy kabineti orqali aloqani kengaytirish va soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligi natijalarini baholash mezonlari va soliq qarzini kamaytirish darajasi” ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 29 martdagi 14-09284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish yuzasidan soliq ma’muriyatchiligi faollashuvini ta’minlangan;

jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda daromadlarning har qanday miqdoriga qat’iy proporsional soliq stavkasini qo‘llash yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 28 martdagi 14-09284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12 foiz qilib belgilandi va buning natijasida aholi ixtiyorida qoladigan daromadlar miqdorining o‘sishi ta’minlangan;

jismoniy shaxslarning to‘lov manbaidan olinadigan soliqlar samaradorligini oshirish yuzasidan, ularning ikkinchi va undan ortiq uy-joylaridan oshirilgan stavkalarda soliq undirish, shuningdek jismoniy shaxslarning o‘ta qimmat xaridlari bo‘yicha hisob yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha bergan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasining 2019 yil 28 martdagi 14-09284-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish amaliyotida ijtimoiy adolat tamoyili mustahkamlanishini va deklaratsiyada aks ettirilgan ma’lumotlarning asosliligini tasdiqlash orqali soliq bazasi imkoniyatlarini real baholash samarali vositasining tatbiqi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish