Muxsimov Nurullo Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chirchiq daryosi havzasining yong‘oq mevali hududlarida tengsiz ipak qurtining (Limantria dispar L.) bioekologiyasi va unga qarshi kurash choralari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx 324.
Ilmiy rahbar: Kayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ucharov Artyom Batievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yong‘oq mevali o‘rmonzorlarda tengsiz ipak kurtining fenologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, ozuqa miqdori va qisqa muddatda zararkunandaning tarqalish dinamikasi prognozini ishlab chiqish hamda yong‘oq mevali o‘rmonzorlarda tengsiz ipak qurtiga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitidatengsiz ipak qurti fenologiyasi va biologiyasi bo‘yicha yangi hamda aniq ma’lumotlar aniqlangan;
kapalaklarning uchish ehtiyoji o‘rtacha kunlik haroratga bog‘liqligi, tuxumning biometrik ko‘rsatkichlari kengligi, uzunligi va tuxum uyumi og‘irligi yordamida bitta tuxum uyumidagi tuxumlar soni aniqlangan;
zararkunanda qurtining ozuqa yo‘nalishi, me’yori, ozuqa turining qurt rivojlanish davomiyligiga ta’siri aniqlangan;
rivojlanishning barcha bosqichlarida hasharotning o‘lim sabablari, ommaviy ko‘payishga haroratning ta’sir darajasi, entomofaglar kompleksi va tengsiz ipak qurti kasalliklari va bu zararkunandaning tarqalish dinamikasiga ta’siri aniqlangan;
laboratoriya sharoitida foydali entomofaglarni ko‘paytirish hamda ularni amaliyotda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Bacillus thuringiensis shtammlarini ajratib olish ustida tajribalar amalga oshirilgan va uning tengsiz ipak qurti spesifik ta’siri aniqlangan;
yong‘oq mevali o‘rmonzorlarda tengsiz ipak qurtining ekologiyasi, shu bilan birga hayotiy fazasining turli rivojlanish bosqichlari hamda dala sharoitida zararkunandaga qarshi yangi zamonaviy yuqori samara beruvchi biologik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan hamda biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chirchiq daryosi havzasining yong‘oq mevali hududlarida tengsiz ipak qurtining (Limantria dispar L.) bioekologiyasi va unga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Chirchiq daryosi havzasining yong‘oqmevali hududlarida tengsiz ipak qurtiga qarshi kimyoviy preparatlar sifatida tanlangan Desis 2,5% (0,7 l/ga), Danitol (1,5 l/ga), Imido 35% (0,2 l/ga) va Nurell-D 55% (1,0 l/ga) kabi kimyoviy pestisid preparatlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Burchmullo» o‘rmon xo‘jaligi Oqtosh o‘rmon bo‘limining yong‘oqmevali o‘rmonzorlarida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 yanvardagi 04/21-158-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kimyoviy preparatlarni qo‘llash mobaynida samaradorlik 95,4–98,2% ni tashkil etgan, mazkur preparatlar bilan ishlov berilgan hududlarda yong‘oqmevali daraxtlarning o‘rtacha 45–55% hosilini saqlab qolish imkoni yaratilgan;
yong‘oqmevali o‘rmonzorlarda tengsiz ipak qurti soni keskin ortganda ular sonini boshqarishda samarali kimyoviy preparat turlari ularni qo‘llash me’yorlari hamda muddatlari va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Burchmullo» o‘rmon xo‘jaligi «Qorankulsoy» o‘rmon bo‘limining 50,0 gektar maydonida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 yanvardagi 04/21-158-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur preparatlarni qo‘llash orqali hududdagi har bir yong‘oq daraxtlaridan o‘rtacha 21,9–32,9 kilogrammgacha qo‘shimcha hosil olinishiga erishilgan;
yong‘oqmevali mintaqalarda tengsiz ipak qurti sonini boshqarishda biologik preparatlar bilan kurash choralari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Burchmullo» o‘rmon xo‘jaligi «Qorankulsoy» o‘rmon bo‘limidagi 50,0 gektar o‘rmonga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 yanvardagi 04/21-158-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir olma daraxtidan o‘rtacha 24,0–26,4 kilogramm qo‘shimcha hosil olingan va daraxtlarni himoya qilish uchun sarflangan har 1 so‘m evaziga mos ravishda 9,8–10,5 so‘mga teng bo‘lgan qo‘shimcha sifatli mahsulot olish imkonini bergan.