Aminova Dildor Xolmurodovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zani biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx251.

Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti,  DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurod Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoldorov Mirxalil O‘razboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zani ko‘sak qurti (g‘o‘za tunlami)dan biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishda zararkunandaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarqalishini prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish, uning asosida biologik va mikrobiologik himoya tadbirlari rejalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk borrespublika sharoitida matematik modellashtirish usullari va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida, g‘o‘zani biologik usulda himoya qilish samaradorligi ilmiy-amaliy asoslangan:

g‘o‘zani uning asosiy zararkunandasi g‘o‘za tunlamidan biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;

g‘o‘za tunlamining rivojlanish muddatlariga aniqlik kiritilib, ular rivojlanishining fenologik kalendarlari tuzilgan, ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda ularning rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalari aniqlangan;

g‘o‘zani g‘o‘za tunlamidan biologik usulda himoya qilish vositalariga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirish me’yorlari va foydali entomofaglarni ishlab chiqaradigan biologik fabrikalar ishlarini optimal rejalashtirish usullari ishlab chiqilgan;

g‘o‘zani biologik usulda himoya qilish samaradorligi iqtisodiy tomondan aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘zani biologik usulda himoya qilish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslaribo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

g‘o‘zaning asosiy zararkunandasi hisoblangan g‘o‘za tunlamining rivojlanishini prognozlashtirishning matematik modellari Qashqadaryo viloyatining Koson, Mirshikor tumanlari fermer xo‘jaliklarida 350 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 02/023-10-son va «O‘zagrokimyohimoya» AJning 2018 yil 26 dekabrdagi 03-12/1966- son ma’lumotnomalari). Natijada an’anaviy usulga nisbatan yangi usulning samaradorligi evaziga 30,4–32,1 sentnergacha hosil olishga erishilgan;

g‘o‘za tunlamiga qarshi g‘o‘zani biologik usulda himoya qilishda qo‘llaniladigan entomofaglarni biofabrikalarda ko‘paytirishni va ularni qo‘llashni optimal rejalashtirish usuli Koson tumanining «Koson», «Asli Najim» fermer xo‘jaliklarida 224 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 02/023-10-son va «O‘zagrokimyohimoya» AJning 2018 yil 26 dekabrdagi 03-12/1966-son ma’lumotnomalari). Natijada ushbu ishlanmaning qo‘llanilishi natijasida an’anaviy usulga nisbatan yangi usul yordamida har bir gektar maydondan 3,3–5,0 sentnergacha hosildorlik saqlab qolinib, iqtisodiy samaradorlik 193,0 mln so‘mni tashkil etgan;

g‘o‘za asosiy zararkunandalarining fenologik kalendarlari, ob-havo sharoiti, ularning rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalariga qarab matematik modellashtirishdan foydalangan holda biologik kurash usuli Muborak tumanining «Nuriddin», «Oysulton» fermer xo‘jaliklarida 445 gektar maydonga joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» AJning 2018 yil 26 dekabrdagi 03-12/1966-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani biologik usulda himoya qilish rentabelligi 452,7–487,9% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish