Shopulatov Abdimalik Nurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped213.
Ilmiy rahbarlar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Red.28.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukur Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ruziev Axroldjan Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak trenerlarda (boks, kurash, taekvondo) musobaqa va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati noan’anaviy usullar asosida aniqlangan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish yo‘llari ma’naviy-intellektual, ma’naviy-faollikka etaklovchi, ma’naviy-axloqiy pedagogik va safarbar qiluvchi qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida boks, kurash, taekvondo sport turlari ixtisosliklarida tahsil oluvchi talabalarda “halollik”, “sharaf”, “matonat”, “iroda”, “tinchlik”, “hurmat” kabi ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak trenerlarda ma’naviy qadriyatlarini shakllantirish mexanizmi t`yutorlik xizmati va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan variativ axborot-metodik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak trenerlarning musobaqa va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish metodikasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-956-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak trenerlarda musobaqa va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishning o‘rni va ahamiyati aniqlangan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida ma’naviy-intellektual, ma’naviy-faollikka etaklovchi, ma’naviy-axloqiy pedagogik va safarbar qiluvchi ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tinglovchilarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-956-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda ma’naviy-intellektual qadriyat 11–13% ga, ma’naviy-faollikka etaklovchi qadriyat 15,5–17,4% ga, ma’naviy-axloqiy pedagogik va safarbar qiluvchi qadriyat 17–19% ga rivojlanishiga xizmat qilgan;
boks, kurash, taekvondo sport turlari ixtisosliklarida tahsil oluvchi talabalarda “halollik”, “sharaf”, “matonat”, “iroda”, “tinchlik”, “hurmat” kabi ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalardan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarini o‘qitish jarayonida foydalanigan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-956-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda “halollik”, “sharaf”, “matonat”, “iroda”, “tinchlik”, “hurmat” kabi ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish bo‘yicha tajribalarini 12,7% ga oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda ma’naviy qadriyatlarini shakllantirish bo‘yicha metodikasidan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-956-son ma’lumotnoma). Natijada jismoniy madaniyat yo‘nalishidagi fanlarning mazmunini boyitishga, talabalar bilimini 7,6% ga oshirishga yordam bergan.