Davronov Shuxratjon Zuxurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt106.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017. I.16.03.
Rasmiy opponentlar:Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan aholi toifasining munosib pensiya ta’minotiga erishish borasidagi manfaatini ta’minlash asosida fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari ishlab chiqilgan;
davlat pensiya ta’minoti tizimida fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida pensiya yoshiga etgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda etishmayotgan stajning har bir oyi uchun Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash asosida ish stajini sotib olish amaliyotini joriy etish taklifi asoslangan;
fuqarolarning pensiyaga chiqish huquqiga oid talablarini ularning ish staji, ish haqi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan ijtimoiy to‘lovlarga o‘zaro muvofiq ravishda belgilash mexanizmi ishlab chiqilgan;
fuqarolarning daromadlarini legalizatsiya qilish va ularning pensiya ta’minoti tizimida uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirish, iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar va mehnat migrantlarini ijtimoiy sug‘urta to‘lovi bilan qamrab olinishini ta’minlash hisobiga Pensiya jamg‘armasiga daromadlar tushumini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish va rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 8 yanvardagi
PF-5614-son Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi DS/30-01-32-146/1017-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, pensionerlarning moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga fiskal yukning mo‘’tadilligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, barqaror pensiya tizimiga erishish bilan birga 480 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larning iqtisod qilinishiga olib kelgan;
davlat pensiya ta’minoti tizimida fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokni rag‘batlantirish maqsadida pensiya yoshiga etgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga, davlat pensiyalarini hisoblashda etishmayotgan stajning har bir oy uchun Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash asosida ish stajini sotib olish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2018 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan «O‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimi barqarorligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish» bo‘yicha bayoni asosidagi topshiriqda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi DS/30-01-32-146/1017-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarga to‘liq miqdorlarda pensiyalarni to‘lashga va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha yillik 112 mlrd. so‘m miqdorida tushum keltirgan;
fuqarolarning pensiyaga chiqish huquqiga oid talablarini ularning ish staji, ish haqi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan ijtimoiy to‘lovlarga o‘zaro muvofiq ravishda belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 9 sentyabrdagi 02/1-350-4-sonli topshirig‘iga muvofiq Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi DS/30-01-32-146/1017-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining o‘rtacha yillik hisobda 145 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larini iqtisod qilinishiga erishilgan;
fuqarolarning daromadlarini legalizatsiya qilish va ularning pensiya ta’minoti tizimida uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirish, iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar va mehnat migrantlarini ijtimoiy sug‘urta to‘lovi bilan qamrab olinishini ta’minlash hisobiga Pensiya jamg‘armasiga daromadlar tushumini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 9 sentyabrdagi 02/1-350-4-sonli topshirig‘iga muvofiq Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi DS/30-01-32-146/1017-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining o‘rtacha yillik hisobda 25 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larini iqtisod qilinishiga erishilgan.