Jalolova Pokiza Muzaffarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’limda «Atom fizikasi»ga oid laboratoriya mashg‘ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped382.

Ilmiy rahbar: Qurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Qahharov Siddiq Qahharovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurillaev Bobomurot Najmitdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida «Atom fizikasi»ga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, mashg‘ulotlarda dasturiy vositalar, pedagogik ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali eksperimental bilimlarni rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Atom fizikasi»dan eksperimental hamda virtual laboratoriya tajribalarini o‘tkazish bosqichlari mazmuni nanoo‘lchamli ob’ektlarning kvant-mexanik xossalarini (tizimlilik, diskretlik, ehtimoliy-statistik) funksional o‘zgaruvchanlik holatlari (asosiy, uyg‘ongan, erkinligi) ustuvorligi bo‘yicha kengaytirish asosida takomillashtirilgan;

laboratoriya ishlariga oid o‘zlashtirilgan bilimlar diagnostikasini amalga oshirish texnologiyasi baholash mezonlari tarkibiga bilish faolligining amaliy-texnik darajalariga (sxematik-tasvirli, asbob-uskunaviy, elektron-qurilmali) ko‘ra toifalangan ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;

talabalar intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonlari (individual ishlash, tajriba jihozlarini yig‘ish, natijalarni taqqoslash) uchun didaktik elementlar (ko‘rgazmalilik, konstruktorlik, funksionallik) turkumini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;

laboratoriya mashg‘ulotlari tashkiliy va amaliy jarayonlarining o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallari tuzilmasiga simulyator dasturlarning axborot uzatish imkoniyatini (tushunchali, vizual-obrazli hamda harakatli) darajalash asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’limda «Atom fizikasi»ga oid laboratoriya mashg‘ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

eksperimental hamda virtual laboratoriya tajribalarini o‘tkazish bosqichlari mazmuni nanoo‘lchamli ob’ektlarning kvant-mexanik xossalarini funksional o‘zgaruvchanlik holatlari ustuvorligi bo‘yicha kengaytirishga oid takliflardan 2015–2017 yillarda bajarilgan F-2-07 raqamli «Quyosh toji yorug‘ nuqtalarining evolyusiyasi va chaqnash mexanizmlarining ilmiy-uslubiy tadqiqi» nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2818-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar fizika ta’limida ilmiy-nazariy ma’lumotlardan keng foydalanish, o‘quv-metodik ta’minot hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;

talabalar intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonlari  uchun didaktik elementlar turkumini ishlab chiqishga oid takliflardan 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish» nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4299-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha bo‘yicha tayyorlangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar ta’limning elektron-metodik ta’minotini yaxshilash, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dars ishlanmalarini ishlab chiqish hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini yaratgan;

bilimlar diagnostikasini amalga oshirish texnologiyasi baholash mezonlari tarkibiga bilish faolligining amaliy-texnik darajalariga ko‘ra toifalangan ko‘rsatkichlar, mashg‘ulotlarni tashkiliy va amaliy jarayonlarining o‘quv-metodik ta’minoti, o‘quv materiallari tuzilmasiga, simulyator dasturlarning axborot uzatish imkoniyatini darajalashga oid takliflar asosida «Atom fizikasi» fanining nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonlari uchun dasturiy-didaktik majmua va  «Atom orbitallarida elektronlar holati o‘zgarishini kuzatish» dasturi, «Oliy ta’lim muassasalarida atom fizikasiga oid laboratoriya mashg‘ulotlarining elektron kompleksi» dasturi, «Vodorod atomidagi elektronlar holat va to‘lqin funksiyasini o‘rganish uchun elektron dastur», «Atomda elektron holatlari» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4299-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanmalar ta’limda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hamda pedagoglar kasbiy kompetensiyalari darajasini rivojlantirish orqali laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish