Axmedova Guzalxon Utkurovnaning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari va uning takomillashtirilishi», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat -ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu27.
Ilmiy maslahatchi: Abdurasulova Qumriniso Raimkulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Farxod Toxirov, yuridik fanlar doktori, professor; Abdukodirov Sherzod Yokubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va jazoni o‘tash sharoitlarini, mazkur jazoni o‘taganlarning ijtimoiy hayotga moslashuvini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqanlarga nisbatan ma’muriy nazorat muddati olti oydan bir yilgacha o‘rnatilishi zarurligi asoslangan;
homilador ayollarni engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi ishga o‘tkazish, xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, ta’tilga chiqish, shuningdek, mehnatiga to‘liq haq to‘lanishini Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilishi asoslangan;
psixologik yordam olish, psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish faqat ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning roziligi bilan amalga oshirilishi amaliyotini joriy etish zarurati asoslab berilgan;
ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat berish hamda ishga joylashtirish to‘g‘risidagi qoidani jinoyat-ijroiya qonunchiligiga kiritish lozimligi asoslangan;
ozodlikdan mahrum etilgan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatish, mahkumning hulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ruhiy holati buzilishi intizomiy jazo qo‘llash vaqtida inobatga olinishi lozimligi asoslab berilgan;
ma’muriy nazorat sud qarori chiqarilgan paytdan e’tiboran, bunday nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etish vaqtida o‘rnatilgan bo‘lsa, mazkur shaxs tanlagan yashash joyiga etib kelgan paytdan hisoblanishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari va uning takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat berish hamda ishga joylashtirish kerakligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 martdagi «Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-530-sonli Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 9-moddasi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq mas masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mahkumlarning ta’lim olish, kasb egallash huquqining ta’minlanishiga xissa qo‘shgan;
psixologik yordam olish, psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etish faqat ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning roziligi bilan amalga oshirilishi amaliyotini joriy etish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 martdagi «Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-530-sonli Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 9-moddasi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq mas masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlarning psixologik yordam olish huquqining ta’minlanishiga xizmat qilgan.
xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, ta’tilga chiqish, shuningdek, mehnatga haq to‘lanishiga oid huquqlarning jinoyat ijroiya qonuniga kiritilishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 martdagi «Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-530-sonli Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 97-moddasi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq mas masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar maxkumlarning mehnat qilish, ularga mehnatiga yarasha haq to‘lanishiga oid huquqlarini ta’minlashga hizmat qilgan;
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, mahkumaning hulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishiga ta’sir qilgan intizomiy choralar qo‘llash uchun sabab bo‘lgan ruhiy holati buzilishining intizomiy jazo qo‘llash vaqtida inobatga olinishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 martdagi «Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-530-sonli Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 106-moddasi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi jazoni o‘tayotgan shaxslarning tarbiyasini, intizomiy jazoni qo‘llashda odillik prinsipiga rioya etilishiga xizmat qilgan;
ma’muriy nazorat muddatini qonunda belgilanishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 9 moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lgan ayollar ustidan o‘rnatilgan ma’muriy nazorat muddatining qonunda aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning huquqlarini qonunda aniq belgilash zarurligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddalasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lgan ayollar ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatish tartibiga rioya qilinishi va ular huquqlarining himoya qilinishiga xissa qo‘shgan.