Xojiev Tunis Nurkosimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modernizatsiya nazariyalari evolyusiyasining falsafiy-konseptual tahlili», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal107.

Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omanullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Muminov Alisher Gafforovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: modernizatsiya ta’limotlari tarixi va evolyusiyasini falsafiy-konseptual` tahlil etgan holda O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan modernizatsiya jarayonlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

modernizatsiya nazariyalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan orientalistik (ijtimoiy-falsafiy, axboriy) va g‘oyaviy-nazariy (mafkuraviy, sof nazariy) omillar ochib berilgan;

Sharq mamlakatlari modernizatsiya modellarining shakllanishiga mafkuraviy mexanizm sifatida ta’sir etgan hinduizm, konfusiylik, islom sotsio-madaniy muhitlari aniqlangan;

O‘zbekistonni modernizatsiyalashga qaratilgan strategik taraqqiyot dasturlari qabul qilinishi bilan belgilanuvchi uch tarixiy-xronologik (Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”) bosqichlarini ishlab chiqish orqali uning istiqboldagi (bilimga asoslangan iqtisodiyot-innovatsion yo‘nalishi) modeli ilmiy asoslangan;

O‘zbekiston innovatsion modelini amalga oshirishdagi o‘ziga xos (ilmiy asoslanganlik, qisqa muddatga mo‘ljallanganlik, aniq soha va hududlarga yo‘naltirilganlik) xususiyatlari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Modernizatsiya nazariyalari evolyusiyasining falsafiy-konseptual tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

modernizatsiya nazariyalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan orientalistik va g‘oyaviy-nazariy (mafkuraviy, sof nazariy) omillar bo‘yicha bildirilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qushimcha chora-tadbirlar” dasturining IV bobi Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, “Harakatlar strategiyasi”, “Faol tadbirkorlik, innovatsnon g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar” qismining 34-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2018 yil 24 iyuldagi 01/09-845-18-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz tomonidan ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar chora-tadbirlarini qo‘llash mexanizmlari samaradorligi oshgan;

Sharq mamlakatlari modernizatsiya modellarining shakllanishiga mafkuraviy mexanizm sifatida ta’sir etgan hinduizm, konfusiylik, islom sotsio-madaniy muhitlari borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 9–10 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi xulosalarini ishlab chiqishda hamda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “Yoshlar poezdi” targ‘ibot aksiyasi davomida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil 7 iyundagi 04-13/3047-son ma’lumotnomasi). Bu respublikamizda kechayotgan islohotlar jarayonida tafakkur o‘zgarishlari bilan bog‘liq jihatlarini keng aholi qatlamiga, ayniqsa, yoshlarimizga chuqurroq tushuntirish va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonni modernizatsiyalashga qaratilgan strategik taraqqiyot dasturlari qabul qilinishi bilan belgilanuvchi uch tarixiy-xronologik bosqichlarini ishlab chiqish orqali uning istiqboldagi modeli borasidagi taklif va tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yilga mo‘ljallangan kompleks ish rejasining 2.1- bandiga kiritilgan tadqiqot doirasida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 8 iyundagi 14/290-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan joylarda olib borilgan ishlar monitoringi doirasidagi tadqiqotlar metodologik asoslarining kuchayishiga xizmat qilgan;

O‘zbekiston innovatsion modelini amalga oshirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Fuqarolik jamiyati” o‘quv qo‘llanmasining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik, nazariy asoslari paragrafini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 maydagi 89-03-2087 sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” qabul qilinishi bilan belgilanuvchi O‘zbekiston innovatsion modelini amalga oshirishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish