Sidikova Mastura Xakberdievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Samarqandda zamonaviy shahar madaniyatining rivojlanish xususiyatlari (1991–2017 yy.)”,07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/Tar177.

Ilmiy rahbar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Dsc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Axmedov Muhammad Qosimovich, arxitektura doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqandda zamonaviy shahar madaniyati taraqqiyotining asosiy bosqichlari, shahar infratuzilmasi masalalarini va uning o‘ziga xos xususiyatlarini  kompleks tarzda o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qadimdan mintaqadagi muhim iqtisodiy, ma’muriy, savdo va ishlab chiqarish markazlaridan biri bo‘lib kelgan Samarqand shahri mustaqillik yillarida tarixiy shahar sifatida xalqaro turizm ob’ektlaridan biriga  aylanganligi, aglomeratsiya, ichki migratsiya va demografik jarayonlar ta’sirida respublikadagi urbanizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib qolganligi ko‘rsatib berilgan;

Samarqandda sanoat infratuzilmalarining kengayishi, ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi  uning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirib, shahar byudjetining o‘sishiga xizmat qilayotganligi ochib berilgan;

Samarqand shahrida olib borilgan bunyodkorlik ishlarida “eski” va “yangi” qismlar uyg‘unligiga etarlicha e’tibor berilmaganligi, shaharning qadimiy qismida turizm, xizmat ko‘rsatish va transport tizimlarini zamon talablari asosida tashkil etish, tarixiy an’analardan unumli foydalanish zarurligi asoslab berilgan;

shaharda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tarixiy an’ana va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etilayotgan simpozium, konferensiya va festivallar hamda madaniy tadbirlar uning nafaqat respublikadagi, balki mintaqa va jahon miqyosidagi madaniy markaz maqomiga ko‘tarayotganligi ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Samarqandda zamonaviy shahar madaniyatining rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Mustaqillik yillarida Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosiga hamda muzey faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar, qiyosiy tahlil qilingan xulosa va takliflar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining ilmiy axborot va tadqiqot bo‘limidagi me’moriy yodgorliklar hamda muzeylar haqida ekskursiya matnlarini tayyorlashda, shuningdek, berilgan yangi foto rasmlar muzey-qo‘riqxona fondidagi “Samarqand kecha va bugun” ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 01-11-08-5090-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzey xodimlari va ekskursovodlar uchun shahar me’moriy obidalari va muzeylari haqida yangi ma’lumotlar olishga imkon yaratgan;

mustaqillik yillarida Samarqand shahrida turizm infratuzilmasi holatini aniqlash va uni xolisona yoritish, turizmni rivojlantirishga oid ma’lumotlardan F1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)” nomli fundamental loyiha doirasida tayyorlanib, chop etilgan “O‘zbekistonda zamonaviy shahar madaniyati” nomli kollektiv monografiyaning “Tarixiy shaharlarda turizm” qismini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 avgustdagi 3/1255-2166-son ma’lumotnomasi).Tadqiqot natijalari Samarqand shahrida zamonaviy turizm infratuzilmasining rivojlanishiga oid ilmiy xulosalarni tatbiq qilishda  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish