Yusupov Sherali Xasanovichning

falsafa doktori(PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda zamonaviy yondashuvlar», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib356.

Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Onkologiya ilmiy markazi.

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tarqalgan prostata bezi saratonida turli xil gormonoterapiya usullarini qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tarqalgan prostata bezi saratonini tashxisotida transrektal sonografiya, qon zardobida prostat-spesifik antigenni birlamchi va davriy,  ya’ni har uch oyda aniqlash hamda klinik-patomorfologik ko‘rsatkichlar asosida onkologik jarayonni tashxislash kompleks majmuasi takomillashtirilgan;

turli xil gormonal davolash natijalarini besh yillik hayot ko‘rsatkichini solishtirma taqqoslash asosida umumiy va korreksiyalashni maksimal androgen blokada hamda monoterapiya gormonal davoning nojo‘ya ta’siriga asoslangan holda gormonal terapiya usulini qo‘llash strategiyasi isbotlangan;

 tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda bosqichma-bosqich maksimal androgen blokadani qisqa vaqt oralig‘idagi samaradorligi estrogen guruhida davolash tizimi va monoterapiyaga nisbatan bemorlardagi ijobiy ko‘rsatkichlar isbotlangan;

takomillashtirilgan davriy maksimal androgen blokadali davolash usuli tarqalgan prostata bezi saratonining davomli o‘sishi va kasallikning qaytalanish  darajasini kamayishiga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda zamonaviy yondashuvlarning asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashdagi zamonaviy yondashuvlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 senyabrdagi 8n–r/187-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tarqalgan prostata bezi saratonini tashxislash, davolashning samarali tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;

Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda zamonaviy yondashuvlar  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Markazning Toshkent shahar filiali mahalliy dispanser bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 8n–z/51-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar va tavsiya etilgan monoterapiya davolash usulini davriy ravishda qo‘llash tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda maksimal androgen blokada (MAB) terapiyaga nisbatan ketgan qiymatni 40%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish