Kaxxarov Alisher Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratoni tashxisini qo‘yish va davolashning klinik-morfologik va molekulyar-genetik jihatlari», 14.00.14–Onkologiya(tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib353.
Ilmiy rahbar: Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori; Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Yonsey universiteti Severans gospitali (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratoni bilan xastalangan bemorlarni mul`tigradatsion bashoratlash natijasidagi tashxislash va davolash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratonini tashxislash uchun gistologik materialni tayyorlashda to‘qima matrisasi ishlab chiqilgan;
sut bezi xavfli o‘smasini bashoratlashda inobatga olinmagan antropometrik, nurli, klinik-morfologik hamda molekulyar-genetik aspektlarining ahamiyati asoslangan;
kasallikning zo‘rayishda mul`tigradatsion xavf darajasini inobatga olgan holda sut bezi saratoni bilan xastalangan bemorlarni davolash strategiyasining ketma-ketligi takomillashtirilgan;
sut bezi saratoni bashoratida kasallik oqibatida sut bezi va o‘sma hajmi nisbatining bashorati va tanlangan davolash strategiyasi asosida foydalanilgan mezon ma’lumotlarining o‘rtacha nisbati asosida davolash taktikasi tavsiya qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratoni tashxisini qo‘yish va davolashning klinik-morfologik va molkulyar-genetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sut bezi saratonini klinik-morfologik va molekulyar-genetik tadqiqotlarni hujayra matrisalari texnologiyasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 martdagi 8n-p/80-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sut bezi saratoni bilan xastalangan bemorlarda o‘smani gistologik materialni tayyorlashda to‘qima matrisasi ishlab chiqilib, kasallikni bashoratlashda inobatga olinmagan antropometrik, nurli, klinik-morfologik hamda molekulyar-genetik aspektlarining ahamiyati, mul`tigradatsion xavf darajasini inobatga olgan holda bemorlarni davolash strategiyasi tanlangan hamda morfologik ko‘rsatkichlari asosida aniq tashxislash, molekulyar-genetik ko‘rsatikchlar asosida hujayralarni asoslash imkonini bergan;
sut bezi saratoni tashxisini qo‘yish va davolashning klinik-morfologik va molekulyar-genetik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Markazning Xorazm viloyati filiali bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sut bezi saratonini tashxislashda hujayra matrisasi texnologiyasini yaratish, sut bezi xavfli o‘smasi yakuniga ta’sir etuvchi 17 ta eng ahamiyatli ijobiy va 20 ta salbiy klinik-morfologik, molekulyar-genetik omillar korrelyasion munosabatlar xarakterini hisobga oluvchi bashoratlash shkalasini qo‘llash orqali davolash yakunini 77,3% ehtimollikda oldindan baholash, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam doirasini kengaytirish, kasallikning davriy asoratlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish hamda bemorlar hayot tarzi sifatini oshirish imkonini bergan.