Ixtiyarova Gul`chexra Akmalovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli muddatdagi homilaning antenatal o‘lim holatlarida homiladorlikni to‘xtatishning differensiallashgan yondashuvi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib185.
Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Xodjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilaning antenatal nobud bo‘lishi kuzatilgan ayollarda homiladorlikni to‘xtatishga differensiallashgan yondashuv asosida tug‘ruq induksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilaning antenatal nobud bo‘lishini bashoratlash markyori homila bosh va platsentar indeksi, immunologik va gormonal mezonlarga asosan gestatsiyaning turli muddatlarida ayollarda homiladorlikni to‘xtatishga differensiatsiyalashgan yondashuv takomillashtirilgan;
plazmadagi estradiol va progesteronning miqdoriga, miometriyning reseptor apparati holati va progesteron gormonga sezgirligiga patogenetik bog‘liq holda ona qorni ichida homila o‘limi davomiyligiga qarab tug‘ruq induksiyasining tizimi asoslangan;
homilaning antenatal nobud bo‘lishida yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar muvozanatini, gormonal statusning funksional va qon ivishi tizimidagi immunologik tolerantlik holatining buzilishi homila rivojlanishining to‘xtashiga olib kelishi isbotlangan;
homilaning antenatal nobud bo‘lishi rivojlanishi xavfining shakllanishida yo‘ldoshning infeksion-yallig‘lanish o‘zgarishlarining ahamiyati progesteron gormonga bog‘liqligining morfologik o‘zgarishlari platsentadagi destruktiv o‘zgarishlarning yuzaga kelishi bilan asoslangan;
medikamentoz kombinatsiyalashgan zamonaviy tug‘ruq induksiyalarining klinik davolash tizimiga kiritilishi progesteron gormoniga bevosita ta’sir qilib, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi asoratlarning kamayishi, reablitatsiya davrida bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli muddatdagi homilaning antenatal o‘lim holatlarida homiladorlikni to‘xtatishning differensiatsiyalashgan yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gestatsiyaning turli muddatlarida homila nobud bo‘lishida homiladorlikni to‘xtatishning differensiatsiyalashgan usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-d/252-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma zamonaviy tibbiy dori vositalarini noinvaziv usullar yordamida gestatsiyaning turli muddatlarida homilaning nobud bo‘lishida homiladorlikni to‘xtatishning differensiatsiyalashgan usuli samaradorligini baholashni takomillashtirish imkonini bergan;
«Homilaning antenatal nobud bo‘lishi kuzatilgan ayollarni erta tashxislash va homiladorlikni to‘xtatish usullarining algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma homilaning antenatal nobud bo‘lishi kuzatilgan ayollarda tashxislash va homiladorlikni to‘xtatish usullarining algoritmini tatbiq qilish imkonini bergan;
«Homilaning antenatal o‘lim holatini klinik tashxislash va homiladorlikni to‘xtatish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma homila antenatal o‘lim holatining klinik belgilarini instrumental tashxislashning bashoratlash mexanizmini yaratish imkonini bergan;
«Homilaning antenatal nobud bo‘lishi kuzatilgan ayollarda tashxislash va tug‘ruq induksiyasi algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma homilador ayollarda gormonal va mikrobilogik, morfologik ko‘rstakichlarga qarab differensiallashgan tug‘ruq induksiyasi algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan;
turli muddatdagi homilaning antenatal o‘lim holatlarida homiladorlikni to‘xtatishning differensiatsiyalashgan yondashuvini kompleks davolash sifatini yaxshilashning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro tug‘ruq majmuasi, perinatal markazi, Buxoro viloyati Shofirkon tumani akusherlik majmuasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 maydagi 8n-d/83-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi HAN bo‘lgan ayollarni majmuaviy klinik dinamik kuzatishlar va gestatsiyaning turli muddatlarida homiladorlikni invaziyasiz medikamentoz usullarda to‘xtatishning differensiatsiyalashgan usullarini qo‘llash tug‘ruqda va tug‘ruqdan keyingi ilk davrda turli asoratlarning kamayishiga yordam bergan.