Masharipov Shodlik Masharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta namligini nazorat qilishda sig‘imli birlamchi o‘zgartkichlar asosidagi usullar va asboblar», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T80.
Ilmiy rahbar: Matyaqubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent; O‘ljaev Erkin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta namligini nazorat qilishning sig‘imli usulini birlamchi o‘lchash o‘zgartkich asosidagi qurilmaviy amalga oshirishni takomillashtirish, buning asosida yaxshilangan metrologik va funksional tavsiflarga ega bo‘lgan sig‘imli qurilmani ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta namligini nazorat qilishning sig‘imli usulini qurilmaviy amalga oshirishning umumiy tamoyillari va ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan va asoslangan;
muhandislik bashoratlari usuli yordamida paxta namligini sig‘imli birlamchi o‘lchash o‘zgartkichining matematik modeli tuzilgan;
paxta namligining o‘lchash aniqligini oshiruvchi va qurilmani funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi usul ishlab chiqilgan;
ellips shaklidagi sig‘imli elektrodlar va sxemada harorat o‘zgarishini avtomatik kompensatsiyalaydigan termodatchik qo‘llash asosida namlikni o‘lchovchi qurilmani o‘lchash chegarasi kengaytirilgan va aniqligi oshirilgan;
tashqi ta’sir qiluvchi omillar sharoitida sig‘imli usulda materiallar namligini o‘lchashda chiqish signalini yig‘indi xatoligining asosiy manbalarini bartaraf qilish usullari ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta namligini nazorat qilishda sig‘imli birlamchi o‘zgartkichlar asosida usullar va asboblarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tolali materiallar va dispers muhit namligini hamda haroratini o‘lchovchi qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05156, 23.12.2015 y.). Natijada qurilmani funksional imkoniyatlari kengaytirilgan va o‘lchash aniqligini 12% ga oshirish imkonini bergan;
paxta namligini saqlash va birlamchi qayta ishlashning asosiy jarayonlarida nazorat qilishga mo‘ljallangan qurilma «Bog‘ot paxta tozalash» AJning va «Yangiariq paxta tozalash» AJga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 4 yanvardagi 0218/09-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchash aniqligini va texnologik jarayonni samaradorligini, nazorat qilish tezkorligini oshirish, putur etkazmasdan namlikni nazorat qilish, sarf qilinadigan mehnat va energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan;
sig‘imli birlamchi o‘zgartkichda o‘lchash aniqligini oshirish uchun ishlab chiqilgan usullar va ularning texnik echimlari, shuningdek paxta mahsulotlarining namligini nazorat qilishda eksperiment natijalarini qayta ishlash algoritmlari va paxta namligini o‘lchashda harorat ta’sirini avtomatik rostlash uchun ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot «Bog‘ot paxta tozalash» AJning va «Yangiariq paxta tozalash» AJga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 4 yanvardagi 0218/09-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiq qilinayotgan paxta namligi bo‘yicha o‘lchash asbobining ko‘rsatkichiga harorat ta’sirini avtomatik ravishda rostlash orqali o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bergan.