Saparniyazova Zlixa Maxsetbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy panjarasi nuqsonlari bilan nikel` va marganes atomlari klasterining o‘zaro ta’siri», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/FM286.

Ilmiy rahbar: Iliev Xalmurat Midjitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon davlat universiteti, DSc.31.01.2019.FM/T.03.05.

Rasmiy opponentlar: Utamuradova Sharifa Bekmuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustam Yavkochovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.  

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy panjarasi nuqsonlari bilan nikel` va marganes atomlari klasterining o‘zaro ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kremniy panjarasida nikel` atomlari klasterining shakllanish kinetikasi va ularning parametrlariga boshlang‘ich sayoz kirishma atomlarning (bor va fosfor) konsentratsiyasi va turi deyarli ta’sir qilmasligi aniqlangan;

diffuziyadan keyin namunalarni sovutish tezligini o‘zgartirish, shuningdek T=600÷900°S oraliqda qo‘shimcha termo qizdirish harorat va vaqtini tanlash orqali kremniy panjarasida nikel kirishma atomlari klasterlarining holati, o‘lchami va konsentratsiyasini boshqarish mumkinligi asoslangan;

g-nurlarning katta qiymati bilan nurlantirilganda (F~109R) nikel` va marganes atomlari klasterlarini jadal parchalanishi yuz berishi va buning natijasida kremniy panjarasi tugunlarida elektr faol bo‘lgan nikel` atomlarining konsentratsiyasi ikki tartibga oshishi hamda Mn atomlari klasterlari hosil qilgan g‘ayrioddiy foto va magnit xususiyatlari yo‘qolib ketishi aniqlangan;

VI guruh atomlarini (S, Se, Te) mavjud bo‘lishi kremniy panjarasida marganes kirishma atomlari klasterlarini shakllanishiga to‘sqinlik qilishi va buning natijasida marganes atomlarining klasteriga ega bo‘lgan kremniyning elektrofizik va magnit xossalarining sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelishi aniqlangan;

kremniy panjarasida marganes atomlari va VI guruh elementlari ishtirokida Si2Mn- -S++, Si2Mn--Se ++, Si2Mn- -Te ++ ko‘rinishida yangi turdagi nanostrukturalarining shakllanishi aniqlangan (oltingugurt va marganes atomlari uchun T=1100oS haroratni, selen va marganes uchun T=820oS, tellur va marganes uchun T=650oS bo‘lishi ko‘rsatilgan).

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kremniy kristall panjarasidagi kirishma atom klasterlarining parametrlariga, elektrofizik, fotomagnit xususiyatlariga tashqi ta’sirning, termik, radiatsion va boshqa kirishma atomlarining o‘zaro ta’siriga barqarorligini aniqlash natijalari asosida:

kremniyda marganes va nikel` kirishma atomlari klasterlarini hosil qilish yo‘li bilan bu materiallar asosida qo‘llanish yarimo‘tkazgichli asboblarning parametrlarini radiatsiya nurlanishiga turg‘unligini oshirilishiga iod takliflari «FOTON» aksiyadorlik jamiyatiga joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 25 avgustdagi 02-1875-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida  ishlab chiqiladigan kremniy asosidagi yarimo‘tkazgichli asboblarning radiatsion nurlanishga turg‘unligini oshirish imkonini bergan;

kremniy panjarasida marganes va oltinchi guruh elementlari asosida Si2Mn2-S2+, Si2Mn2-Se2+, Si2Mn2-Te2+ turdagi nanostrukturalarning yangi sinfini olish texnologiyasi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 25 avgustdagi 02-1875-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi kremniy asosidagi tubdan yangi turdagi optoelektron asboblar yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish