Sayfullaeva Saida Akramjonovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar yallig‘lanishi patogenezida nitrergik va monooksigenaza sistemasining o‘zaro funksional bog‘liqligi», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib311.

Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov Alonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori; Aleynik Vladimir Andreevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning shikastlanish patogenezida nitrergik va monooksigenaz tizimlarning induksiya va ingibisiya yo‘li bilan o‘zaro funksional bog‘liqligini baholashni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jigarning turli o‘tkir shikastlanishlarida benzonal kalamushlar jigari monooksigenaz tizimini faollashtirishi, azot oksidi mahsulotlari tizimida disbalans holatini bir oz pasaytirishi, simetidin esa ushbu tizimlarda aniqlangan buzilishlarni chuqurlashtirishi asoslangan;

yuqori va past miqdorlarda L-arginin mikrosomalar inkubatsion muhitiga qo‘shilishi bilan bog‘liq holda monooksigenaz tizim va NOS funksional faolligining turli yo‘nalishli o‘zgarishlarini muhim omilligi,  monooksigenaz tizim sitoxrom R-450 S-yakunli domeni va eNOS - NADFN qo‘llashga nisbatan raqobatbordoshligi isbotlangan;

NO-tizim noselektiv induktori molsidaminning jigar MOT faolligiga ta’siri miqdorga bog‘liqligi, iNOS selektiv ingibitori S-MT monooksigenaz va azot oksidi endotelial tizimini indusirlashi, peroksinitrit darajasining ortishiga qarshiligi, noselektiv ingibitori L-NAME  esa MOT va eNOS faolligini pasaytirishi va iNOSni faollashtirishi asoslangan;

gepatotsitlar MOTiga azot oksidi tizimining induktori va ingibitorlari ta’siri patologik jarayonning og‘irligiga bog‘liqligi, yo‘nalishining bir xilligi, ta’sir darajasi bo‘yicha farqi; noselektiv ingibitorlar uchun katta bo‘lmagan o‘zgarishlar xosligi isbotlangan;

jigarning o‘tkir ishemiyasi sharoitida NO-tizim va MOT orasida yaqin funksional aloqa, jigar ishemiyasida NADFN sitoxrom S reduktazalar faolligi va MOTning barcha fermentlari pasayishi va iNOS giperekspressiyasiga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jigar yallig‘lanishi patogenezida nitrergik va monooksigenaza sistemasining o‘zaro funksional bog‘liqligini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Qon plazmasida harakatlanuvchi endotelial hujayralarni populyasion baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 yanvardagi 8n-d/6-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma jigarning gepatitning yuzaga kelishida qon plazmasidagi endotelial xujayralarning funksional-morfologik buzilishlari rivojlanishining oldini olish imkonini bergan;

«O‘tkir zaharli gepatitda antioksidant va nitrergik tizimlar faolligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-d/62-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gepatitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarini va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish, NOS induktori va iNOS selektiv ingibitori nitrergik tizimlar ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri, bunda azot oksidi neyronal sintazlarining selektiv va noselektiv ingibitorlari azot oksidi tizimidagi mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarning yanada ko‘proq yomonlashishiga  ta’sir qiladigan omillarni asoslash mexanizmlarining oldini olish imkonini bergan;

jigar yallig‘lanishi patogenezida nitrergik va monooksigenaza sistemasining o‘zaro funksional bog‘liqligini asoslashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi oliy o‘quv yurtlariaro markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Farmatsevtika tibbiyot institutining koordinatsion birikmalar va farmakotoksik tadqiqotlar laboratoriyasi va Toshkent davlat stomatologiya institutining stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazining fundamental tadqiqotlar sohasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 8n-z/44-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jigar patologiyalarida azot oksidi tizim induktor va ingibitorlarining gepatotsitlar  monooksigenaza tizimga ta’siri patologiyaning og‘irlik darajasi va yuboriladigan dori vositalariga bog‘liq natijasida NOS induktori va iNOS selektiv ingibitori nitrergik tizimlar ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri, nitrergik  tizim selektiv va noselektiv ingibitorlari azot oksidi tizimidagi mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarni yanada ko‘proq yomonlashishiga hamda ushbu dori vositalarning ta’sirini namoyon bo‘lishi gepatotsitlar shikastlanishining og‘irlik darajasiga bog‘liqligini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish