Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston suv omborlari zooplankton organizmlarining faunasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati», 03.00.16–Gidrobiologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/V15.

Ilmiy maslahatchi: Mirabdullaev Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Boymuradov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor;Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston suv omborlari zooplankton organizmlari faunasini asoslash va ular mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekistondagi 21 suv omborlari zooplankton organizmlarining (Rotifera, Cladocera, Copepoda) 89 turdan iborat zamonaviy tur tarkibi aniqlangan;

ilk bor Markaziy Osiyo faunasi uchun garpaktisid Cletocamptus cf. deitersi (Richard, 1897) turi aniqlangan;

suv omborlari zooplankton organizmlari turlar sonining va miqdoriy rivojlanishining mavsumiy xususiyatlari ochib berilgan;

Markaziy Osiyo suv havzalari bo‘ylab plankton organizmlarining toksonomik o‘zgarishi aniqlangan va ularning shakllanishi asoslangan;

21 ta suv omborining biotik va abiotik sharoitlariga bog‘liq ravishda ular uchun mos baliq turlarini introduksiyalash usullari aniqlangan;

zooplankton guruxlarining doimiy, erta bahorda va yilning iliq mavsumlarida uchraydigan turlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston suv omborlari zooplankton organizmlarining faunasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:

suv omborlari zooplankton organizmlaridan baliqlarning tabiiy ozuqasi sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar To‘dako‘l, Sho‘rko‘l va Kattaqo‘rg‘on suv omborlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 maydagi 07/618-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarida uchrovchi ovlanadigan - karp, oq va chipor do‘ngpeshona, oq amur, xramulya, oq sla, mo‘ylovdor baliq, laqqa turlarini tabiiy oziqa ba’zasini ko‘paytirish orqali baliqlar mahsuldorligini 4–15% oshirish imkonini bergan;

21 ta suv omborlarining biotik va abiotik sharoitlariga mos tarzda baliq turlarini moslashtirish yo‘llari Oxangaron, Oqdaryo, Andijon va Karkidon suv omborlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 maydagi 07/618-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzalarida gulmoyi va Amudaryo mahalliy gulmoyisini introduksiya qilish imkonini bergan;

baliqchilik xo‘jaliklarida zooplankton organizmlarni yalpi ko‘paytirish asosida baliq chavoqlarining yashovchanligi va mahsuldorligini oshirish usullari «Farg‘onabaliqsanoat», «Namanganbaliqsanoat» MChJ tasarrufidagi baliqchilik ho‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 3 maydagi 07/618-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik ho‘jaliklarida etishtiriladigan baliq chavoqlari vaznini 17%, yashovchanligini 10% oshirish imkonini bergan;

saproblik indeksining oshishiga sezgir zooplankton organizmlarning tur va miqdor jihatdan mavsumiy o‘zgaruvchanligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari bo‘limlariga suv omborlari zooplankton organizmlari bioxilma-xilligini saqlab qolish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 29 yanvardagi 03-01/7-456-son ma’lumotnomasi). Natijada evtrofikatsiyaga uchragan suv omborlarida biomassasi kamayib ketayotgan 8 tur plankton organizmlarini saqlab qolish va ko‘paytirish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish