Sultanov Maxmud Axmedovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «O‘zbekistonda investisiya fondlarini rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07-  Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt214.

Ilmiy rahbar: Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.

Rasmiy opponentlar:Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda investisiya fondlarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

investisiya fondlari aktivlarini boshqarganlik uchun ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan mukofot puli miqdorini fondning samarali ishlashiga bog‘liq holda tabaqalashtirilgan shaklda belgilash yondashuvi asoslangan;

investisiya fondlariga aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilmaslik holatlarining oldini olishda, mazkur aksiyadorlik jamiyatlarining oddiy aksiyalarini imtiyozli aksiyalarga almashtirib berishga oid qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish davlat organi doirasida normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi zarurati asoslab berilgan;

faoliyat yuritish muddati o‘tib ketgan xususiylashtirish investisiya fondlari va lisenziya talablariga mos kelmaydigan investisiya fondlarini pay fondlariga aylantirishning dastlabki bosqichi ishlab chiqilgan;

investisiya fondlarining nazariy asoslarini tadqiq qilishda tasniflash mezonlari tarkibiga qo‘shimcha «operatsiyalar turkumlariga ixtisoslashganlik va tashkiliy modellariga ko‘ra farqlanish» mezonini kiritish taklifi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 O‘zbekistonda investisiya fondlarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

investisiya fondlarida aktivlarini boshqarganlik uchun ishonchli boshqaruvchiga ajratiladigan qat’iy belgilangan mukofot pulini sof aktivlar qiymati oshishini rag‘batlantirish maqsadida tabaqalashtirilgan holda belgilash tartibi «Daromad Rlus» IF AJda joriy etilgan (Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2018 yil 28 maydagi  02-02/05-14-170-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Daromad Rlus» IF AJga joriy etilishi natijasida 2010 yilda sof aktivlar qiymati 1372,8 mln. so‘m va 2011 yilda 1531,3 mln. so‘mni tashkil etgan; sof aktivlar qiymatining 5 foizgacha miqdorida belgilash mumkin bo‘lgan mukofot pulini 2010­­-2011 yillarda 4,63 foiz va 4,64 foizgacha pasaytirish tartibi qo‘llanilib, mos ravishda 5,08 va 5,45 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;

investisiya fondlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida debitor qarzdorligini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiluvchi, ya’ni aksiyadorlik jamiyatlarining dividend bermayotgan aksiyalarini imtiyozli aksiyalarga aylantirishning yangi tartibini qo‘llash bo‘yicha berilgan taklif Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatiga joriy etilgan (Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2018 yil 28 maydagi 02-02/05-14-170-son va 02-02/05-14-171-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning inobatga olinishi natijasida 2014 yilgacha to‘planib qolgan 425,8 mln. so‘mlik debitor qarzlari, 2015 yil davomida 344,9 mln. so‘mgacha kamaytirilib, undirilgan mablag‘lar  investisiya fondlari sof aktivlar qiymatini oshirishga yo‘naltirilgan;

faoliyat yuritish muddati o‘tib ketgan xususiylashtirish investisiya fondlari va lisenziya talablariga mos kelmaydigan investisiya fondlarini tijorat banklarida investisiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi professional faoliyat turini joriy qilish orqali, pay fondlarini tuzish taklifi Markaz tomonidan «Moliya bozorini uzoq va o‘rta muddatga rivojlantirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanish maqsadida qabul qilingan (Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2018 yil 28 maydagi 02-02/05-14-170-son va 02-02/05-14-171-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi investisiya va pay fondlariga oid qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, aholi qo‘lida to‘plangan mablag‘larini investisiya fondlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirishi orqali investisiya shaklida harakatga keltirish, shuningdek, banklarning investisiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida pay fondlarini tuzishi orqali ommaning bo‘sh ishlamay yotgan mablag‘larini iqtisodiyotning real sektoriga jalb etishga erishilgan;

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibidan chiqarish va bevosita O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga bo‘ysunishi va investisiya fondlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni jahon andozalariga moslashtirish orqali qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi amaliyotida foydalanilgan (Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2018 yil 28 maydagi 02-02/05-14-170-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, ortiqcha nazorat funksiyalari bekor qilinib, yangi davlat organi – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish