Yangibaeva Nazira Gulmanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 20-yillarida o‘zbek tilshunosligi jarayoni («Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnali materiallari asosida)”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil651.

Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Bahranovich, filologiya fanlari doktori; Normamatov Sulton, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilshunosligi manbalaridan biribo‘lgan «Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnalidagi o‘zbek tilshunosligiga oid maqolalarning ilmiy mohiyatini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnalidagi maqolalar asosida o‘zbek tili fonetik tizimining o‘zbek shevalari unli va undosh tovushlari negizida shakllanganligi isbotlangan;

XX asrning 20-yillaridagi o‘zbek tili grammatikasiga oid qarashlarni qiyosiy tahlil qilish orqali o‘zbek lotin alifbosining fonetik, morfologik, shakliy  tamoyillari aniqlangan;

«Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnalidagi tilshunoslikka doir maqolalarning o‘zbek tilshunosligining tadrijiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati ochib berilgan;

o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektini belgilashdagi  lingvistik munozaralarning o‘zbek tilshunosligi tarixini boyitishdagi nazariy ahamiyati asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tilshunosligitarixi borasida olib borilgan izchil tadqiqotlarning mantiqiy davomi sifatida 20-yillardagi o‘zbek tilshunosligining muayyan qirralarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

til tarixi va yangi imloning shakllanishiga oid takliflar 2008–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 89-03-587-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;

o‘zbek tilshunosligining shakllanish jarayonini o‘rganishda «Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnali muhim manba ekanligi o‘zbek tilining dastlabki tadqiqotlariga oid maqolalar ilk bor ilmiy tahlil qilish orqali asoslangan tadqiqot natijalaridan Berdaq Milliy muzeyida matbuotda tilshunoslik masalalarining yoritilishi bo‘yicha foydalanilgan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining  2019 yil 13 fevraldagi 2-04-284-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan tildagi morfologik sohani o‘rgatishdagi izlanishlar mukammallashgan;

tilshunoslik va uning tadrijiy taraqqiyoti borasida Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Assalom, Qoraqalpog‘iston!» tonggi ko‘rsatuvida ishtirok etib, ob’ektga jalb qilingan «Maorif va o‘qitg‘uchi» jurnalida tilshunoslikka oid maqolalar xususida atroflicha mulohaza yuritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 30 apreldagi 14-19/468-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunosligining o‘tmishi bo‘yicha aholida yangicha qarashlar shakllangan, unga bo‘lgan qiziqish ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish