Trobov Xamza Tursunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suvli eritmalardan quyimolekulyar elektrolitlarni ajratib olishda polimer sorbentlardan foydalanishning fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/K64.
Ilmiy maslahatchi: Ferapontov Nikolay Borisovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalol Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mahkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geterofazaviy model` asosida suvdagi eritmalardan quyimolekulyar elektrolitlarni ajratib olishda polimer sorbentlardan foydalanishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer gel` tuzilishining geterofazaviy model` asosida polielektrolit eritmasi fazasidagi sorbilangan suv va quyimolekulyar elektrolitlarning miqdori yangi ishlab chiqilgan usul yordamida aniqlangan;
bo‘kish jarayonining quyimolekulyar elektrolit tabiati va konsentratsiyasiga bog‘liqligi turli ko‘ndalang bog‘li polistirol va divinilbenzol hamda polivinilspirt asosida olingan polimer gellar uchun aniqlangan;
ilk bor polimer-ekstraksion usul yordamida elektrolitlar aralashmasidan kuchli sorbilanadigan elektrolit eritmasini ajratish jarayonining samaradorligi nazariy aniqlangan;
ajratish jarayoni samaradorligining ionit tabiati, miqdori, suv va quyimolekulyar elektrolitning taqsimlanish konstantasi, ajratish kolonkasining o‘lchamlari va ajratilayotgan aralashma tarkibiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suvdagi eritmalardan quyimolekulyar elektrolitlarni ajratib olishda polimer sorbentlardan foydalanishning fizik-kimyoviy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va oqova suvlarni tozalash usuli «Belenergomash-BZEM» korxonasida noorganik kislotalarni ajratib olishga joriy etilgan (OOO «Polimark»ning (Rossiya) 2018 yil 25 dekabrdagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni sul`fat kislotadan tozalash imkoniyati yaratilgan;
polimer sorbentlarda reagentsiz usul «BioXimMak» korxonasida elektrolitlar aralashmasini ajratishga joriy etilgan («BioXimMak»ning (Rossiya) 2019 yil 2 apreldagi 37/19-son ma’lumotnomasi). Natijada regeneratsion aralashmadan natriy gidroksid va natriy xloridlarni ajratib olish imkonini bergan;
sanoat chiqindi eritmalari tarkibidan rangli metallarni ajratish «Elektrokimyozavod» AJda qo‘shimcha reagentlar sarflamasdan zavod chiqindi suvlari tarkibidan mis, nikel` ionlarini ajratish amaliyotiga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» AJning 2019 yil 12 martdagi 106-son ma’lumotnomasi). Natijada zavod chiqindi suvlari tarkibidan 12–19% tozalikda Cu2+, Ni2+ ionlarini ajratish imkonini bergan;
sanoat chiqindi suvlarini reagentsiz usulda tuzsizlantirish va tozalash usuli «Samarqandkimyo» AJda qo‘shimcha reagentlar sarflamasdan korxona oqova suvlari tarkibidan sul`fat kislotani ajratishga joriy etilgan («Samarqandkimyo» AJning 2018 yil 19 dekabrdagi 1-699r/R-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona oqovasuvlari tarkibidan 18–25% tozalikda sul`fat kislota olish va Ca2+, Na+ ionlarini ajratish imkonini bergan;
geterofazaviy model` asosida polimer sorbentlar tomonidan suvni va suvli eritmalardan quyimolekulyar moddalarni sorbilanishi haqida olingan ma’lumotlar xorijdagi 6 ta impakt-faktori yuqori ilmiy manbalarda foydalanilgan (Journal Microporous and Mesoporous Materials, 2017. V.239, IF-3,649; Journal of Chromatography A, 2007, R.245-253, IF-3,716; Journal Reactive & Functional Polymers, 2007. R.1589-1598, IF-2,975; Talanta, 2003. R.1081-1088, IF-4,244; Journal Fluid Phase Equilibria, 2005. R.247-260, IF-2,197; Langmuir, 2003. P.10852-10856, IF-3,789). Natijada gidrofil polimerlar quyimolekulyar elektrolitlarning konsentrlangan eritmalaridan suv va elektrolitlarni yutish imkonini bergan.