Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovnaning

fan doktori(DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqilliq davri turkiy xalqlar lirikasida shakliy izlanishlar va ularning tipologiyasi (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman lirikasi misolida)», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (turkman tili va adabiyoti) (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil 119. 

Ilmiy maslahatchi: Orazimbetov Quvonchboy Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori; Mammedov Axmet, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoda o‘ziga xos adabiy an’anaga ega bo‘lgan o‘zbek, qoraqalpoq va turkman adabiyotining istiqlol davri lirikasini qiyosiy-tipologik jihatdan yangi she’riy shakllarning yuzaga kelishida badiiy ta’sir jarayonining tutgan o‘rnini aniqlash, shakliy izlanishlarning spesifik xususiyatlari, kompozision tuzilishi va oraliq shakllarning janriy tabiatini ochib berish, lirikaning kichik shakllari va modern yo‘nalishidagi she’rlarning kompozision tarkibi, obrazlar tizimi hamda tipologiyasi qonuniyatlarini oydinlashtirishdan, xulosalar chiqarishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Markaziy Osiyo xalqlarining badiiy madaniyati taraqqiyotida alohida o‘rin tutadigan o‘zbek, qoraqalpoq va turkman adabiyotidagi lirik turga mansub asarlarni qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etish asnosida istiqlol davri adabiy jarayonining mahsuli sifatida yuzaga kelgan kichik lirik shakllar, oraliq she’riy shakllar o‘zining struktural-semantik xususiyatlariga ko‘ra yangi badiiy-estetik hodisa ekanligi isbotlangan;

mumtoz adabiy an’analarning zamonaviy badiiy tafakkur kontekstidagi davomiyligi hamda shoirlarning individual poetik mahorati o‘zbek, qoraqalpoq va turkman she’riyatidagi shakliy izlanishlarning samaradorligini ta’minlab, she’riyatnining vazn va mazmunan yangilaganligi asoslangan;

jahon adabiyotidan ijodiy ta’sirlanish, ya’ni ijodkorlarning lirik kechinmani o‘ziga xos tarzda ifodalashdagi ilg‘or tajribalari va adabiy ta’sirida o‘zbek, qoraqalpoq va turkman lirikasi tarkibiga yangi adabiy hodisa sifatida sonet, oktava, romans, sarbast kabi ko‘pgina she’riy shakllar kirib kelganligi hamda milliy adabiyotning taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgani dalillangan;

istiqlol davri adabiyotidagi she’riy shakllardagi izlanishlarning o‘ziga xosligi poetik matnda tinish belgilaridan foydalanmaslik, katta harflarni qo‘llamaslik, she’riy kontekstda turli geometrik shakllarni qo‘llash, she’rning struktura tizimida vazn erkin qo‘llanilishi  kabi adabiy hodisalarda o‘z aksini topganligi ko‘rsatib berilgan;

turkiy xalqlar lirikasidagi, jumladan, o‘zbek, qoraqalpoq va turkman lirikasidagi to‘rtlik, uchlik, ikkilik kabi kichik she’riy shakllar bir tomondan jahon adabiyotining ta’siri, ikkinchi tomondan sharq mumtoz she’riyati an’analaridan ijodiy oziqlanish natijasida yuzaga kelganligi oydinlashtirilgan;

mintaqa xalqlarining zamonaviy adabiyotidagi umumiylik vazn e’tiboridan barmoq va sarbast tizimidagi she’rlarning ustuvorlik qilishi, she’riyatdagi oraliq shakllarning dunyo adabiyoti bilan tipologik mushtaraklik kasb etishi hamda she’riy janrlar rang-barangligini ta’minlovchi shakliy izlanishlarga moyillikning kuchayib borayotganligi bilan belgilanishi aniqlangan;

Mustaqilliq davri turkiy xalqlar lirikasi, jumladan, o‘zbek, qoraqalpoq, turkman she’riyati maydonida yuzaga kelgan modern yo‘nalishda yozilgan she’rlarda badiiy ifoda usullari dunyo she’riyatidagi lirik shakllardan ta’sirlanish, shu bilan birga, milliy poetik tafakkur tarzi bilan sintezlashish jarayoni o‘z aksini topganligi oydinlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 

Mustaqillik davri turkiy xalqlar lirikasida, jumladan, o‘zbek, qoraqalpoq va turkman lirikasidagi badiiy shakllar va ularning tipologiyasini tadqiq qilish asnosida olingan ilmiy natijalar asosida:

istiqlol davri turkiy xalqlar she’riyatidagi shakliy izlanishlar tipologiyasi va ularning badiiy tafakkur rivojida tutgan o‘rniga doir ilmiy-nazariy qarashlardan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012–2016 yillar), shuningdek, FA-A1-G006 raqamli «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash» (2015–2017 yillar) mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil  9 apreldagi  17.01/50-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq she’riyatidagi lirik janrlarining badiiy evolyusiyasi bosqichlari aniqlanib, she’r matnlarni tahlil qilishning metodologik tamoyillarini yangilashga erishilgan;

o‘zbek, qoraqalpoq va turkman she’riyatidagi lirik shakllar tipologiyasi, turkiy she’riyatdagi kichik lirik shakllar poetikasi va adabiy ta’sir masalasi, qardosh xalqlar she’riyatda ijodkor konsepsiyasi va badiiy uslub, poetik ifoda, Orolbo‘yi turkiy xalqlari adabiyotidagi lirik shakllar badiiyati va tipologiyasi haqidagi nazariy umumlashmalar Turkiya jumhuriyatining Karabuk universitetida o‘qitiladigan «TED103 Halk Edebiyati Giriş I», «TED203 Halk Edebiyati I», «TED303 Halk Edebiyati III», «TED403 Halk Edebiyati V» fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (Karabuk universitetining 2018 yil 10 dekabrdagi 009/15-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek, qoraqalpoq va turkman she’riyatidagi lirik shakllarning tipologik belgilari aniqlanib, milliy she’riyatdagi badiiy shakllarning turkiy xalqlar adabiyoti bilan mushtarakligi xususidagi yangi ma’lumotlar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan;

turkiy xalqlar  lirikasida yangi lirik shakllarning badiiy-estetik xususiyatlari va ularing tipologik jihatdan mushtarakligiga doir xulosalar Qozog‘iston Respublikasining M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutida bajarilgan «Qozog‘iston adabiyoti va sa’natida «Ma’naviy yuqsalish» konsepsiyasi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutining 2018 yil 23 noyabrdagi 056/452-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek, qoraqalpoq, turkman lirikasining o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish,  Markaziy Osiyo xalqlari adabiyotining taraqqiyoti, kichik lirik janrlarning kelib chiqishi va rivojlanishi o‘zaro bog‘liqlikda kechganligi asoslangan;

o‘zbek, qoraqalpoq va turkman xalqlarining moddiy va nomoddiy madaniy merosi adabiyot va san’at asarlari bilan bevosita bog‘liqliligiga oid ilmiy-nazariy qarashlarga asoslanib, I.V.Saviskiy nomidagi badiiy san’at muzeyida rang-tasvir yo‘nalishidagi portretlarning ma’nolari bo‘yicha ko‘rgazmali va ekskurs saboqlari o‘tilgan, shuningdek, so‘z va rang-tasvir san’atida voqelikni badiiy ifoda etish usullarining mushtarakligiga doir qarashlar ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruzalar shaklida e’lon qilindi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil  11 apreldagi 2–04/695-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar zamonaviy she’riyatda paydo bo‘lgan grafik she’rlarning badiiy-estetik mohiyati rang-tasvir ijodkorligi bilan mushtarak negizga egaligini dalillashga asos bo‘lgan;

Markaziy Osiyo turkiy xalqlari she’riyatining tipologik mushtarakligiga doir nazariy qarashlar va tahlilga tortilgan faktik materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vaqtli matbuoti nashrlarida, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Oltin ostona», «Adabiyot va davr» kabi dasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 22 apreldagi 01-02/164-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek, qoraqalpoq va turkman xalqlarining madaniy-adabiy aloqalarining bugungi taraqqiyoti va she’riyatdagi tipologik o‘xshashliklar, janrlararo uyg‘unlik masalalariga tegishli ilmiy fikrlar jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish